Koronavirus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Coronavirusdan yoʻnaltirildi)
Yuqumli bronxit virusi virionlarining elektron mikrografi

Koronaviruslarsutemizuvchilar va qushlar kasalliklarini keltirib chiqaradigan viruslar guruhi. Odamlarda viruslar nafas olish yoʻllarining infeksiyalarini keltirib chiqaradi, ular odatda yengil, jumladan shamollashni oʻz ichiga oladi; ammo, SARS, MERS va yangi koronavirus kabi kam uchraydigan shakllar oʻlimga olib kelishi mumkin. Sigir va choʻchqalarda ular diareya, tovuqlarda esa yuqori nafas yoʻllari kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda, profilaktika yoki davolash uchun tasdiqlangan vaksinalar yoki antiviral preparatlar mavjud emas.

Isroillik tibbiyot xodimlari tomonidan oʻtkazilgan yangi tadqiqot natijalariga koʻra, Koronavirus tufayli organizmda yuzaga kelgan belgilar butunlay yarim yil davomida yoʻqoladi. Shuningdek, tadqiqotda koronavirusdan tuzalganlarning 95 foizida respirator yoki yurak kasalliklari kabi qaytarib boʻlmas oqibatlar yuzaga kelmasligi aniqlangan[1]. Oʻzbekistonlik mutaxassislar koronavirusdan sogʻayganlar ham vaksina qabul qilishishi kerakligini maʼlum qildi. Ular virusning oʻzgaruvchan ekani, doimiy ravishda mutasiyaga uchrashi, COVID-19 bilan bogʻliq xavflarning yuqoriligi va koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli borligi sabab ushbu kasallik bilan avval kasallangan boʻlishidan qatʼi nazar, emlanish tavsiya etgan[2]. Ispaniyalik olimlar tadqiqot oʻtkazdi. Tadqiqot doirasida COVID-19ning eng keng tarqalgan alomatlaridan biri — taʼm va hid bilishning yoʻqolishi bilan bogʻliq holatlarni oʻrgangan. Koronavirusga chalingan bemorlarda hid bilishning yoʻqolishi immunitetning kuchli javob reaksiyasini koʻrsatishi mumkinligi aniqlandi[3].

Antitanachalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyalik olimlar organizmida koronavirusga qarshi antitanachalar shakllangan insonlar qayta koronavirusga chalinishi mumkinligi lekin kasallik simptomlarsiz kechishini aniqlashgan[4].

Oʻzbekiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda koronavirus bemorlari vaksinatsiyadan oldin antitanachalari miqdorini aniqlashi ixtiyoriy ekanligi belgilandi[5]. Mutaxassislar koronavirusdan sogʻayganlar ham vaksina qabul qilishishi kerakligini maʼlum qildi. Bunga virusning oʻzgaruvchan ekani, doimiy ravishda mutasiyaga uchrashi sabab qilib keltirilgan. Shuningdek, COVID-19 bilan bogʻliq xavflarning yuqoriligi va koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimolining borligi sababli ushbu kasallik bilan avval kasallangan boʻlishidan qatʼi nazar, emlanish tavsiya etilgan[2].

Koronavirusning yangi mutatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiyalik olimlar birinchi marotaba onasi COVID-19ʻni yuqtirib olgan yangi tugʻilgan chaqaloqda SARS-CoV-2 koronavirusining mutatsiyasini topdi. Homilador ayol kuchli qorin ogʻrigʻi bilan Malmyo kasalxonasiga yotqizilgan. Bolada anomal darajadagi past yurak chastotalarining qisqarishi kuzatilgan, natijada chaqaloqqa kislorod yetib borishi qiyinlashgan. Ayol kesarcha kesish yoʻli bilan operatsiya qilinganidan soʻng koronavirusga tekshirilgan. Natijada onada ham, bolada ham koronavirus borligi aniqlangan. Dastlabki tahlillar ona va bolaning organizmidagi viruslar bir xil ekanligini koʻrsatgan, biroq bir necha kun oʻtgach, shifokorlar chaqaloqdagi infeksiya populyatsiyasi oʻzgarganligini qayd etgan. Bolada dastlabki virusdan farqli yangi shtamm borligi maʼlum boʻlgan.

Lund universiteti shifoxonasi akusher-ginekologi Mexren Zaygam buni koronavirusning gʻayrioddiy sharoitlarda, yaʼni, onadan bolaga u tugʻilishidan oldin oʻtishi bilan bogʻliq birinchi genetik oʻzgarish, deya baholagan. Mutaxassisning qayd etishicha, viruslarning mutatsiyasi tez-tez uchrab turadi, ammo A107G nomini olgan yangi shtamm bola tugʻilganidan besh kun oʻtgach vujudga kelgan. Virusning oʻzgarishi esa chaqaloqning ona qornidagi hayotidan keyin yangi tashqi olam bilan muloqotga kirishgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Taʼkidlanishicha, ona koronavirusni yengil shaklda oʻtkazgan. Tugʻruqdan toʻrt kun oʻtib, toʻliq tuzalgan, lekin chaqaloq belgilangan muddatdan oldin tugʻilgani sabab bir necha kun davomida shifokorlar nazorati ostida boʻlgan. Keyinroq chaqaloqda virusga qarshi antitanachalar yuzaga kelgan va kasallik jiddiy asoratlarsiz kechgan. Koronavirusdan himoyani ona suti emas (sut tarkibida antitanachalar aniqlanmagan), balki, bolaning immun tizimi mustaqil ravishda taʼminlagan[6].

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisoboti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoyning Uxan shahrida 2021-yilning yanvar–fevral oylarida tadqiqot oʻtkazgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirusning kelib chiqishi borasida aniq xulosaga kela olmadi.

koronavirusning odamga tabiiy manbadan yoki potensial oraliq tashuvchidan yuqqani borasida aniq maʼlumot berilmagan. Shu bilan birga, xastalikni yuqtirib olishning bir qator potensial yoʻllariga ishora qiluvchi dalillar mavjudligi qayd etilgan.

Oʻz navbatida, koronavirusning oraliq tashuvchisi sifatida qorakoʻzan, quyon, uy mushugi hamda boshqa hayvonlar keltirilgan. Uxandagi «Xuananm» bozorining SARS-CoV-2 tarqalishiga asosiy sababchi boʻlgan yoki boʻlmaganiga ham aniqlik kiritilmagan. Chunki kasallikning dastlabki holatlari boshqa bozorlarda, baʼzilari esa hatto ulardan tashqarida ham qayd etilgan. Mutaxassislar, shuningdek, odamlar aynan qachondan SARS-CoV-2 bilan kasallana boshlaganini aniqlay olmagan.

«SARS-CoV-2’ning kelib chiqishi qayerdan boshlanganini aniqlash — hamon dolzarb masala. Virus birinchi boʻlib Uxan shahrida oʻtkir pnevmoniya tarqalishining sababi sifatida aniqlangan boʻlsa-da, ilk holatlarning qayerda qayd etilgani hali ham noaniq», deyilgan hisobotda[7].

Koronavirus umrbod yuqtirib olingan holat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerikalik shifokorlar koronavirusni bir umrga yuqitirib olishning birinchi holatlarini qayd etdi. Janubiy Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari tomonidan leykemiya bilan ogʻrigan uch bemorda — yosh yigit, maktabgacha yoshdagi bola hamda qizda koronavirus asoratlari 6 oydan koʻproq vaqt davomida saqlanib qolgani aniqlangan.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, immun tizimi ishdan chiqqan odamlar koronavirus infeksiyasiga juda zaif boʻladi. Organizmda doimiy ravishda virus borligi esa yangi mutatsiyalarning xastalikka qarshi ishlab chiqiladigan antitanachalarni yengib chiqish ehtimolini oshiradi[8].

Qoʻshimcha maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alwan A, Mahjour J, Memish ZA (2013). „Novel coronavirus infection: time to stay ahead of the curve“. Eastern Mediterranean Health Journal. 19 Suppl 1-jild. S3–4-bet. PMID 23888787. 2020-03-24da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2020-02-01. {{cite magazine}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam) (Wayback Machine saytida 2020-03-24 sanasida arxivlangan)
  • Laude H, Rasschaert D, Delmas B, Godet M, Gelfi J, Charley B (June 1990). „Molecular biology of transmissible gastroenteritis virus“. Veterinary Microbiology. 23-jild, № 1–4. 147–54-bet. doi:10.1016/0378-1135(90)90144-K. PMID 2169670.
  • Sola I, Alonso S, Zúñiga S, Balasch M, Plana-Durán J, Enjuanes L (April 2003). „Engineering the transmissible gastroenteritis virus genome as an expression vector inducing lactogenic immunity“. Journal of Virology. 77-jild, № 7. 4357–69-bet. doi:10.1128/JVI.77.7.4357-4369.2003. PMC 150661. PMID 12634392.
  • Tajima M (1970). „Morphology of transmissible gastroenteritis virus of pigs. A possible member of coronaviruses. Brief report“. Archiv für die Gesamte Virusforschung. 29-jild, № 1. 105–8-bet. doi:10.1007/BF01253886. PMID 4195092.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Коронавирусдан кейинги белгилар қачон бутунлай йўқолиши маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 28 февраль. (Wayback Machine saytida 2021-07-09 sanasida arxivlangan)
  2. 2,0 2,1 „Коронавирусдан соғайганлар ҳам вакцина қабул қилиши керакми? Мутахассис жавоб берди“. Bugun.uz. 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 10 март.
  3. „Испаниялик олимлар коронавируснинг ижобий аломатини аниқлади“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 16 март.
  4. „Организмдаги юқори антитаначалар кўрсаткичи коронавирусга қайта чалинишдан ҳимоя қилмаслиги аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 2 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-13 sanasida arxivlangan)
  5. „Ўзбекистонда коронавирус беморлари вакцинациядан олдин антитаначалари миқдорини аниқлаши шартми?“. Bugun.uz. 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 25 май. (Wayback Machine saytida 2021-07-12 sanasida arxivlangan)
  6. „Швецияда туғилган чақалоқда коронавируснинг янги мутацияси аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 3 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-13 sanasida arxivlangan)
  7. „ЖССТ коронавируснинг келиб чиқиши тўғрисидаги ҳисоботни эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  8. „Коронавирусни умрбод юқтириб олиш билан боғлиқ биринчи ҳолатлар қайд этилди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 4 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-13 sanasida arxivlangan)