Kontent qismiga oʻtish

Clive Granger

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Clive Granger

By Olaf Storbeck
Tavalludi 23-Sentyabr 1934-yil
Vafoti 27-may 2009-yil
La-Xolya, Kaliforniya, AQSh.
Fuqaroligi Buyuk Britaniya
Taʼlimi Iqtisodiyot
Kasbi Iqtisodchi, Statistik, Iqtisod o'qituvchisi.
Dini Xristian
Unvoni Statistika bo'yicha PhD
Mukofotlari Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti

Clive Granger (1934-yil 4-sentyabr, Suonsi — 2009-yil 27-may, La-Xolya[1]) — ingliz iqtisodchisi, ekonometrika boʻyicha mutaxassis, 2003-yilda „umumiy trendlarga ega boʻlgan iqtisodiy vaqt qatorlarini tahlil qilish usullarini ishlab chiqqani uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati[2].

Clive Nottingem universitetida tahsil olgan, u yerda 1955-yilda matematika boʻyicha bakalavr, 1959-yilda esa statistika boʻyicha doktorlik darajasini olgan.

1956-yilda Nottingem universitetida statistika boʻyicha kichik oʻqituvchi etib tayinlandi.1959-1960-yillarda Oskar Morgenshternning taklifiga binoan Prinston universitetida stipendiyalar dasturi boʻyicha tahsil olgan va u bilan birgalikda ekonometrik ilmiy-tadqiqot loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Ushbu hamkorlikdagi ishlarning natijasi sifatida 1970-yilda nashr etilgan „Fond bozoridagi narxlarning bashorat qilinishi“ kitobi yaratildi.Prinstondagi oʻquv yilining oxirida u butun umri davomida birga yashagan Patrisiyaga uylandi. Ular bir oʻgʻil va bir qiz koʻrishdi.

1960-1974-yillarda Nottingem universitetida dars bergan. 1974-yilda San-Diegodagi Kaliforniya universitetiga koʻchib oʻtdi va Buyuk Britaniyani butunlay tark etdi.

San-Diegodagi Kaliforniya universiteti professori sifatida ham faoliyat yuritgan.

  1. Anahad O’Connor. Clive Granger, Economist, Dies at 74(ingl.) // The New York Times. — 30 мая 2009.
  2. „Winners of the Nobel Prize for Economics“ (en). Encyclopædia Britannica. 2019-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.