Civetot jangi
| Civetot jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
| Raqiblar | |||||||
| Saljuqiy turklar | Dehqon salibchilar | ||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Kilij Arslon I | Walter Sans-Avoir † Geoffrey Burel | ||||||
| Kuchlar | |||||||
| 5 000 | 20 000 dan[1] 60 0000 gacha[2] | ||||||
| Yoʻqotishlar | |||||||
| Kam miqdorda | atigi 3 000 kishi omon qolgan | ||||||
Civetot jangi 1096-yil 21-oktyabrda Dehqonlar salib yurishi kuchlari bilan Onadoʻlidagi saljuqiy turklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Ushbu jang Dehqonlar salib yurishining yakunlanishiga sabab boʻlgan[3]. Omon qolganlarning bir qismi keyinchalik Birinchi salib yurishiga qoʻshilgan.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Askarlar, dehqonlar va ruhoniylardan iborat boʻlgan Dehqonlar salib yurishi 1096-yil avgust oyi boshida Onadoʻliga oʻtgan. Biroq u yerga yetgach, guruh rahbariyati parokanda boʻlib ketgan va salibchilar etnik guruhlar boʻyicha boʻlinib ketganlar. Xerigordos qamali chogʻida (joylashuvi nomaʼlum) Xerigordos qal’asini egallagan nemis boʻlinmasi sentyabr oyida yoʻq qilingan. Shundan soʻng ikki turk josusi salibchilar orasida nemislar Nikeyani ham egallagan, degan mish-mishni tarqatgan. Bu esa Civetotdagi salibchilar asosiy lagerini imkon qadar tezroq shaharni talon-taroj qilishga undagan. Turk qoʻshinlari Nikeya yoʻlida kutib turgan edi. Salib yurishining nomigagina rahbari boʻlgan Peter Hermit taʼminot masalasini hal qilish uchun Konstantinopolga qaytib ketgan va tez orada qaytishi kutilayotgan edi. Qolgan rahbarlarning aksariyati uning qaytishini kutish maʼqulroq deb hisoblagan (u esa hech qachon qaytmagan). Biroq qoʻmondonlikni qoʻlga olgan Geoffrey Burel kutishni qoʻrqoqlik deb darhol turklarga qarshi yurish qilish kerakligini taʼkidlagan[1]. Uning fikri ustun kelgan va 21-oktyabr tongida 20 000 ortiq kishilik qoʻshin Nikeya tomon yoʻl olgan. Lagerda esa ayollar, bolalar, qariyalar va bemorlar qoldirilgan[1].
Jang va oqibati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lagerdan uch mil uzoqlikda, Drakon qishlogʻi yaqinidagi tor va oʻrmonli vodiyga kiradigan joyda Kilij Arslon I boshchiligidagi turk qoʻshini kutib turgan edi. Salibchilar vodiyga yaqinlashar ekan shovqin bilan harakatlangan va oʻq yomgʻiri ostida qolganlar[1]. Darhol vahima boshlanib, bir necha daqiqa ichida qoʻshin lager tomon tartibsiz ravishda chekina boshlagan. Salibchilarning aksariyati qirib tashlangan (baʼzi manbalarga koʻra 60 000 dan ortiq[2]), ular orasida ayollar, bolalar va jang qilmaydigan boshqa shaxslar ham boʻlgan. Faqat qul qilib sotilishi mumkin boʻlgan yosh qizlar, rohibalar va oʻgʻil bolalar tirik qoldirilgan (keyinchalik Shahzodalar salib yurishi Antioxiya yaqinida ularning ayrimlarini ozod qilgan)[4]. Salib yurishi rahbarlaridan biri ritsar Walter Sans Avoir jangda halok boʻlgan[5]. Burel bilan birga 3000 kishi tashlandiq bir qal’adan panoh topishga muvaffaq bo‘lgan[1]:132. Oxir-oqibat Konstantin Katakalon boshchiligidagi vizantiyaliklar kemalarda yetib kelib, qamalga barham berganlar[6]. Dehqonlar salib yurishining omon qolgan bir necha ming kishisi Konstantinopolga qaytgan.
Omon qolganlar Konstantinopolda qayta birlashgach Falastin tomon yoʻl olgan „Shahzodalar“ qoʻshiniga qoʻshilib, Birinchi salib yurishida ishtirok etganlar. Bu safar Peter Hermit yangi qoʻshin tarkibida ikkinchi darajali mavqeni egallagan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Runciman, Steven. [A History of the Crusades, Volume 1. Cambridge University Press, 1987 — 131-bet. ISBN 978-0-521-34770-9. Qaraldi: october) 21, 2013.
- ↑ 2,0 2,1 Kostick, Conor. The Social Structure of the First Crusade, Illustrated, Brill, 2008 — 109-bet. ISBN 978-90-04-16665-3. Qaraldi: 2013-yil 21-oktyabr.
- ↑ Bradbury, Jim. [The Routledge Companion to Medieval Warfare. Routledge, 2004 — 194-bet. ISBN 978-0-203-64466-9. Qaraldi: october) 21, 2013.
- ↑ Kostick, Conor. The social structure of the First Crusade. Brill, 2008 — 110, 274-bet. ISBN 978-90-04-16665-3.
- ↑ Edgington, Susan B.; Albert of Aachen (2007). [[1]Historia Ierosolimitana], Oxford University Press. p. 41. ISBN 0-19-920486-1. "There died Walter Sansavoir, pierced by seven arrows through his hauberk and breast."
- ↑ Oxford Dictionary of Byzantium. New York: Oxford University Press, 1991 — 64-bet. ISBN 978-0-19-504652-6.
- ↑ Barker, Ernest (1911). „Peter the Hermit“. In Chisholm, Hugh (ed.). Encyclopædia Britannica. 21. (11th ed.), Cambridge University Press. pp. 294–295.