Cindy Crawford
| Cindy Crawford | |
|---|---|
|
Crawford 2015-yilda | |
| Tavalludi |
Cynthia Ann Crawford 20-fevral 1966-yil |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1983−hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | 2, jumladan, Kaia Gerber |
| Otasi | John Dan Crawford |
| Onasi | Jennifer Sue Walker |
| Modellik | |
| Boʻyi | 5 ft 9 1⁄2 in (1.77 m)[1] |
| Soch rangi | jigarrang[1] |
| Koʻz rangi | jigarrang[1] |
| Agentlik | Storm Management (London) |
| Veb-sayti | cindy.com |

Cynthia Ann Crawford (1966-yil 20-fevralda tugʻilgan) – amerikalik model. 1980 va 1990-yillarda eng mashhur supermodellardan biri boʻlib, uning suratlari turli jurnal muqovalarida namoyon boʻlgan, shuningdek, podiumlarda hamda moda koʻrgazmalarida doimiy ravishda koʻrinish bergan. Keyinchalik, aktrisalik faoliyati va biznes loyihalari bilan ham shugʻullangan.
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cindy Crawford 1966-yil 20-fevralda Illinoys shtatining DeKalb shahrida Daniel Kenneth Crawford va Jennifer Sue Crawford-Moluf (qizlik familiyasi Walker) oilasida dunyoga kelgan[2]. Uning Chris va Danielle[3][4] ismli ikki singlisi, Jeffery ismli ukasi boʻlgan, biroq ukasi 3 yoshida kasallikdan vafot etgan[5][6].
Crawford ijtimoiy tarmoqlarda oilasi bir necha avlodlardan beri AQShda yashab kelishini, nasabida, asosan, nemis, ingliz va fransuz ildizlari borligini aytgan[7]. U New Havendagi Kongregatsion cherkovini tashkil etishda yordam bergan ingliz puritani Thomas Trowbridjning avlodi hisoblanadi[8]. 2013-yilda Crawford „Who Do You Think You Are?“ (tarjimasi „Siz kim deb o‘ylaysiz?“) nomli koʻrsatuvda ishtirok etarkan, uning ajdodlari orasida Yevropa zodagonlari boʻlganini, hatto u Charlemagnening avlodi ekanligi aniqlangan[3][9].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Crawford 1991-yilda aktyor Richard Gere bilan turmush qurgan, biroq 1995-yilda u bilan ajrashgan. 1998-yil 29-mayda esa model tadbirkor va sobiq model Rande Gerberga turmushga chiqqan[10]. Ularning Presley Walker Gerber (1999) ismli oʻgʻli[11] hamda Kaia Jordan Gerber (2001) ismli qizi bor[2][12][13].
2021-yil avgust oyida er-xotin Beverly Hills shahrining Trousdale Estates mahallasida joylashgan uyini 13,5 million AQSh dollarga sotgani xabar qilingan[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Cindy Crawford“. Storm Management. Qaraldi: 2023-yil 17-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Cindy Crawford: Model, Actress, Film Actor/Film Actress, Film Actress, Television Actress, Television Personality (1966–)“. Biography.com (FYI / A&E Networks). 2017-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „Is Cindy Crawford related to Earnest Hemingway? Who Do You Think You Are“. YouTube (2023-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-fevral.
- ↑ Kahn. „A sweet and sour party at Fashion Week“. Newsday (2009-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 28-dekabr.
- ↑ „Sole Mates“. People (1998-yil 15-iyun). 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-aprel.
- ↑ Bueno, Antoinette. „Cindy Crawford Opens Up to Oprah About Her Brother Dying of Cancer at 3 Years Old“. ET Online. CBS Studios, Inc. (2015-yil 9-iyul).
- ↑ „Twitter/CindyCrawford“. Twitter (2010-yil 4-iyun). Qaraldi: 2024-yil 28-fevral.
- ↑ „Cindy Crawford discovers her New Haven roots“. New Haven Register (2013-yil 26-avgust). 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Charlemagne's DNA and Our Universal Royalty“. National Geographic Society (2013-yil 7-may).
- ↑ „Weddings of the Year 1998“. People (1998-yil 22-iyun). Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
- ↑ O'Neill. „Cindy's Joy“. People (1999-yil 19-iyul). Qaraldi: 2012-yil 4-may.
- ↑ Creeden, Molly. „Meet Cindy Crawford's Daughter Kaia Gerber, A 13-Year-Old Who's About to Become the Next Big Thing“. Teen Vogue. Yahoo (2014-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 8-dekabr.
- ↑ „Presley Gerber is Giving Away Cindy Crawford's Best Modeling Advice“ (2017-yil 3-aprel).
- ↑ Flemming, Jack. „Cindy Crawford sells Beverly Hills Midcentury for 233.5 million“. LA Times (2021-yil 11-avgust). Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Crawford, Cindy. Becoming By Cindy Crawford: By Cindy Crawford with Katherine O' Leary. Rizzoli, 29 September 2015. ISBN 978-0-8478-4619-1.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 20-fevralda tugʻilganlar
- 1966-yilda tugʻilganlar
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik ayol filantroplar
- Amerikalik ovoz aktrisalari
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Amerika film aktrisalari
- Amerikalik ayol modellar
- Amerikalik xristianlar
- Illinoislik ayol modellar
- Amerikalik protestantlar
- Illinoislik aktrisalar