Xuroson-turkiy tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chuorasana torku kalbadan yoʻnaltirildi)
Xuroson-turkiy tili
Milliy nomi Turkiy xurosoni
Mamlakatlar Eron
Mintaqalar Shimoliy Xuroson, Xuroson-Rezaviy
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1,000,000[1][2] kishi. (baholash, 1993)
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy oilasi

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi yozuvsiz
Til kodlari
ISO 639-1 yoʻq
ISO 639-2 tut
ISO 639-3 kmz

Xuroson-turkiy tili (turkiy xurosoní) — shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi turkiyzabon xalqning tili.

Xuroson-turkiy tili oʻzbek tilining xorazm (oʻgʻuz) shevasi va turkman tiliga yaqin boʻlgan holda turkiy tillar oʻgʻuz guruhining sharqiy tarmogʻiga mansub tildir.[3] Tilshunoslar xuroson-turkiy tilini ozarbayjon va turkman tillarining, uning ham, buning ham shevasi boʻlmagan oraliq nutq deb hisoblaydilar..

Eronda xuroson-turkiy tilida Bojnurd, Sebzavor, Guchan va Mashhad shaharlari atrofida yashovchi taxminan 400 ming kishi soʻzlashadi.[4]

Bu tilda 9 unli va 24 undosh fonema mavjud. Soʻz shakllanishiga unli tovushlar uygʻunligi (singarmonizm) xosdir. 7 ta kelishik mavjud (birgalik kelishigiga kiritilgan -nan/-næn shakli boshqa oʻgʻuz tillaridagi «ot. + koʻmakchi ile/ilæ» formulasiga mos keladi). Feʼllar shaxslar, sonlar, vaqtlar, nisbatlar va turlar boʻyicha oʻzgaradi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Doerfer, G. & Hesche, W.1993. Chorasantürkisch, Wörterlisten, Kurzgrammatiken, İndices. (Turcologica 16.) Wiesbaden: Harrassowitz, pp. 7,14
  2. Encyclopædia Iranica :TURKIC LANGUAGES OF PERSIA: AN OVERVIEW
  3. Ulrich Ammon, Norbert Dittmar, Klaus J. Mattheier, Peter Trudgill „Central Asia and Mongolia“,. Sociolinguistics. Berlin: Walter de Gruyter, 2006. ISBN 3110184184. 
  4. Boeschoten, H „The speakers of Turkic languages“,. The Turkic languages L. Johanson and É. Á. Csató (eds): . London: Routledge, 1998. ISBN 978-0-415-41261-2. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wikimedia Incubator
Wikimedia Incubator