Chung Ju-yung
| Chung Ju-yung | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
25-noyabr, 1915-yil Tongchon, Kogendo, Yapon Koreasi
(hozirgi Tongchon, Kangvon Provinsiyasi, Shimoliy Korea) |
| Vafoti |
21 March, 2001-yil (85 yosh) Songpa, Seoul, Shimoliy Korea |
| Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
| Turmush oʻrtogʻi | Byun Joong-seok |
| Bolalari | 11 ta (8 oʻgʻil and 3 qiz) |
| Otasi | Jeong Bong-sik |
Chung Ju-Yun yoki Jung Ju-young (1915-yil 25-noyabr - 2001-yil 21 mart) - koreyalik tadbirkor, ishbilarmon va Janubiy Koreyaning Hyundai Groups asoschisi. Kambagʻal koreys dehqonining toʻngʻich oʻgʻli boʻlib ulgʻaygach, u dunyodagi eng boy odamlardan biriga aylandi. Chungning ishbilarmonlik faoliyati (kompaniyalari) Yaponiya Koreyani bosib olishning ogʻir vaqtlarida va keyinchalik 1950-yillar Koreya urushi paytidagi voqealarga muvaffaqiyatli bardosh bera oldi. Chung oʻzining muvaffaqiyatini bayonotida shunday izohladi: "Ishonish beparvolikni keltirib chiqaradi. Bu moʻjizalar kaliti. Insonning imkoniyatlari cheksizdir[1]."
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik paytlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chung Ju Yun Koreyaning Yaponiya hukmronligi davrida Kangvon viloyatida (Shimoliy Koreya) tugʻilgan. U qashshoq dehqonlar oilasida tugʻilgan, yetti farzandning toʻngʻichi edi. Yosh bolakay Chung maktab oʻqituvchisi boʻlishni orzu qilar edi, ammo uning umidlari barham topdi, chunki oʻsha paytdagi cheklangan muhit oilani qashshoqlikda saqlab, Chungni yuqori ma'lumot olish imkoniyatlaridan mahrum qildi[2]. Qiyinchiliklarga qaramay, oilaviy fermadagi ishlardan tashqari, Chung bobosi tomonidan boshqariladigan mahalliy konfutsiy maktabiga borishi mumkin edi[3].
Chungning ishbilarmonlik qobiliyati borligi, shaharda oʻtin sotishni boshlaganidan boshlanadi[4]. Shaharning tez sur'atlar bilan rivojlanishi va gazetalarda oʻqigan maqolalari, uning tasavvurini butunlay oʻzgartiradi, bu Chungning oʻzi va oilasi boshidan kechirayotgan qashshoqlikdan charchaganini anglab yetishiga olib keladi.
Birinchi qochish urinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻn olti yoshida Chung va doʻsti qishloq xoʻjaligining ogʻir voqeliklaridan qochish niyatida Chongjin shahriga borishga qaror qilishdi[3] Pechun vodiysining eng xavfli joylaridan 15 mil yurgandan soʻng, juftlik Kovon shahriga yetib borishdi va u yerda qurilish ishchilari sifatida ish olib bordilar. Ular kam maosh evaziga uzoq vaqt ishladilar, ammo Chung mustaqil ravishda pul ishlashi mumkinligidan mamnun edi. Chung va uning doʻsti ishda Chungning otasi ularning qayerda ekanliklarini bilguncha ikki oy ishladilar.
Ikkinchi qochish urinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chung va uning doʻsti boshlagan sayohat, uning qurilishiga boʻlgan ishtiyoqini katta ekanliligini va bu soxada muvaffaqiyaga erishish hissini uygʻotadi. Tongchon okrugidagi Asanri qishlogʻiga qaytib kelganida, u yana qochish rejasini oʻylab topdi: bu safar Seul tomonni koʻzlaydi. 1933-yil aprel oyida ikki hamrohi bilan Chung Seulga joʻnadi[3]. Safarning birinchi kuni erta saharida bolalardan biri opasi tomonidan ushlanganligi, butun safarni muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga olib kelish extimoliga olib keladi. Ammo, Chung va uning doʻsti, notanish bir odam tomonidan ularga ish berishni evaziga, ularning hamma pullarini olib qochgani, sayohatlarining eng kattaroq muammoli qismi boshlanishiga olib keladi. Safar, Chungning otasi ikkalasini Chungning bobosining uyida topilganligidan soʻng yakunlandi.
Uchinchi qochish urinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chung yana Asanga kelib, u yerda bir yil otasiga oilaviy fermada ishlashiga yordam bergan. Oila oldidagi vazifalari tugashi bilan Chung qashshoqlikdan chiqish uchun qochish uchun yana bir urinish vaqti keldi deb qaror qildi. U otasining sigirlaridan birini sotib, 70 vonga poezd chiptasini olishga muvaffaq boʻldi[3]. Seulga kelgan Chung, buxgalterning ishini boshlashga umid qilib, mahalliy buxgalteriya maktabiga oʻqishga kirdi. Ikki oy davomida ishlar silliq kechdi, otasi uni topishga muvaffaq boʻldi va yengil tortishuvdan soʻng uni Asanga olib ketdi.
Guruch savdogari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1933-yilda, 18 yoshida, Chung toʻrtinchi marta qochishga qaror qildi. U kechasi majburiy nikohdan qochmoqchi boʻlgan doʻsti bilan joʻnab ketdi[3]. Chung Seulga yetib borgach, u topgan har qanday ishga kirishga harakat qildi. U avval Incheon Harbor degan joyga oddiy ishchi, Boston Professional maktabda qurilish ishchisi va kraxmal sirop zavod uchun harxil ishchi sifatida ishlagan.
Qariyb bir yil sirop zavodida ishlagandan soʻng, Chung Seuldagi Bokheung Rice Store doʻkonida yetkazib beruvchi boʻlib ishga joylashdi[3]. Chungning yangi ishi unga olgʻa siljish uchun imkoniyat yaratdi va muvaffaqiyatlga erisha boshladi, soʻng toʻla vaqtli ishda qolishga qaror qildi. Natijada u guruch doʻkonining asosiy xaridorlarining maqtoviga sazovor boʻldi va bu maqtovlar doʻkon egasiga juda ta'sir qildi va olti oy ishlaganidan keyin Chungga doʻkonning buxgalteriyasini boshqarishga ruxsat berdi. Doʻkon buxgalterining tajribasi uning biznes qobiliyatini yaxshi rivojlantirishga yordam berdi.
1937-yilda guruch doʻkonining egasi kasal boʻlib qoldi va doʻkonni Chungga berishga hal qiladi. 22 yoshida Chung doʻkon egasiga aylandi va doʻkon nomini Kyungil Rice Storega oʻzgartirdi[3]. Doʻkon 1939-yil boshlariga qadar oʻsib, yaxshi daromad keltirdi, biroq urushi sababli Yaponiya mamlakati va harbiy extiyojni guruch bilan taminlash uchun guruchni iste'mol qilishning qattiq tizimini oʻrnatdi, bu esa koreys ishbilarmonini guruch savdosidan mahrum qildi.
Hyundaining yaratilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]A-do xizmati garaji
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chung oʻz ishini muvaffaqiyatsiz tugatgandan soʻng oʻz qishlogʻiga qaytib keldi va 1940-yilgacha Seulda qaytadan urinib koʻrishga qaror qildi. Koreyaliklarga Yaponiyaning mustamlaka hukumati tomonidan ba'zi sohalarda oʻrnatilgan cheklovlarning voqelikni koʻrib chiqqanidan soʻng, Chung avtomobillarni ta'mirlash biznesiga kirishga qaror qildi. Oʻz doʻstidan sotib olgan xizmat garajidan foydalanib, Chung A-Do Service Garajni 3000 von kreditga boshladi. Uch yil ichida ishchilar soni 20 dan 70 gacha oʻsdi va Chung yaxshi daromad topdi. 1943-yilda Yaponiya hukumati urush harakatlarining bir qismi sifatida garajni poʻlat zavod bilan birlashtirishga majbur qildi[3]. Uning biznesi yaponiyaliklar tomonidan bostirilganligi sababli yopilgan boʻlsa-da, Chung vaziyatdan unumli foydalanishga harakat qilib, 50.000 von tejab, Asanga qaytdi.
Hyundai
[tahrir | manbasini tahrirlash]1946-yilda, Koreyaning Yaponiya boshqaruvidan ozod qilingandan soʻng, Chung urushdan keyingi qayta qurish va sanoatlashtirishni kutish uchun Hyundai va Hyundai shahar sanoatini boshladi. Chung hukumatning yirik shartnomalarini qoʻlga kiritdi va Janubiy Koreyaning transport infratuzilmasining koʻp qismini qurish uchun javobgar boʻldi, shu jumladan 1967-yilda Soyang toʻgʻoni, 1970-yilda Gyeongbu Ekspress yoʻli, Ulsan shahridagi dunyodagi eng katta kemasozlik zavodi, Kori atom elektr stantsiyasi va boshqalar. Chung, shuningdek, amerikalik harbiylardan oʻzlarining shaxsiy tarkibi uchun inshootlar qurish boʻyicha shartnomalarni yutib oldi, chunki uning ukasi ingliz tilida gaplasha olgan va AQSh armiyasi muhandislari bilan yaxshi aloqada edi.
Shimoliy Koreyaning 1950-yildagi bosqini paytida Chung qurilish loyihalaridan voz kechdi va xavfsizligi uchun ukasi bilan Busanga qochdi. Uning oʻgʻli Chong Mong Yun shu yerda tugʻilgan. Chung BMT kuchlari va Koreya transport vazirligidan olishi mumkin boʻlgan har qanday ishlarni olib, kompaniya ishini davom ettirdi[3]. Seul BMT kuchlari tomonidan qoʻlga olingach, Chung kompaniyani qayta qurdi va amerikaliklardan qoʻshimcha ishlarni olishda davom etdi.
Oʻshandan beri Chung kompaniyani Janubiy Koreyadagi eng katta chaebol (konglomerat) dan biriga aylantirishda davom etdi. Kema qurishda tajribaga ega boʻlmagan holda, u dunyodagi eng katta kemasozlik zavodi - Ulsan kemasozisini yaratdi. Birinchi kema uch yilda qurib bitkazildi (kutilgan beshtadan koʻproq), chunki varf va kema bir vaqtning oʻzida qurilgan edi. U 1975-yilda Hyundai Pony va 1986-yilda Hyundai Excelni Yevropa tajribasidan foydalangan holda taqdim etdi[5][6].
Keyinchalik yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yillardan to shu paytgacha Hyundai Group koʻplab yoʻldosh guruhlariga boʻlingan. Chung juda muvaffaqiyatli martaba qozongan. Seosanda u foydalanishga yaroqsiz boʻlgan neft tankerini koferdam sifatida ishlatib muvaffaqiyatli meliorativ loyihani amalga oshirdi[7]. 1998-yilda u DMZ orqali Shimoliy Koreyaga 1001 bosh sigirni yuborgan va bu otasining fermasidan qochishga kerak boʻlgan chipta uchun sotilgan sigirning 1000 baravar toʻlov puli ekanini bildiradi[8]. U birinchi boʻlib Geumgangsanning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni taklif qildi. U „Hyundai Heavy Steel“ kompaniyasiga asos solgan va u doksiz kema ishlab chiqarish usulini ishlab chiqqan.
Chungning homiyligi uni oʻz davridagi boshqa ishbilarmonlardan ajratib turardi. 1977-yilda Ford yoki Rokfeller fondlari faoliyati bilan taqqoslanadigan faoliyat doirasi bilan Asan Jamgʻarmasiga asos solgan. Jamgʻarma xizmat koʻrsatishning toʻrtta asosiy yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan: tibbiy yordam, ijtimoiy farovonlik, ilmiy tadqiqotlar va stipendiya jamgʻarmasi. Jamgʻarma oʻzining sa'y-harakatlari bilan Janubiy Koreyada toʻqqizta kasalxona ochdi, Ulsan tibbiyot kolleji qurdi va Asan hayotni oʻrganish ilmiy institutini moliyalashtirdi. Jamgʻarma, shuningdek, Sinyoung tadqiqot jamgʻarmasi kabi ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash orqali sanoat va ilmiy muassasalar oʻrtasida hamkorlik shartnomalarini tuzdi.
Siyosiy faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yilda Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun Chung Janubiy Koreyani qoʻllab-quvvatlagan. Ushbu muvaffaqiyat uning avlodining yutuqlarini dunyo koʻz oʻngida ta'kidladi va Seul aholisi uchun katta gʻurur manbai boʻldi. 1992-yilda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi xalqaro miqyosda anglash vositasi sifatida sportga qoʻshgan hissasi uchun Chungga Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi medalini topshirdi.
Chung 1992-yil Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida prezidentlikka nomzod sifatida muvaffaqiyatsiz qatnashdi.
Chung, shuningdek, ikki Koreya oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish ustida ish olib bordi. 1998-yilda 82 yoshida u Shimolga iqtisodiy yordam koʻrsatish uchun Janubiy Koreya hukumati bilan ishladi. Prezident Kim Shimoliy Koreyada iqtisodiy rivojlanishni boshlash uchun 100 million dollarlik xayriya yordami koʻrsatmoqchi edi. Biroq, Kim pulni oʻtkazishning qonuniy yoʻlini topa olmadi. U allaqachon Shimol bilan katta dasturni muhokama qilayotgan Chungga oʻgirildi. Kim Chungni hukumat tomonidan nazorat qilinadigan Koreya Rivojlanish Banki tomonidan beriladigan maxfiy kreditlar evaziga sarmoyasini 100 million dollarga koʻpaytirishga koʻndirdi. Tarixiy Janubi-Shimoliy sammit boʻlib oʻtdi, Chung chegara boʻylab Shimoliy Koreya xalqiga sovgʻa sifatida 1001 ta „birlashtiruvchi sigir“ boʻlgan mashinalarda yurdi.
Oʻlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chung 85 yoshida tabiiy sabablar tufayli Seuldagi uyida vafot etdi va u Buddist va Konfutsiyning urf-odatlari boʻyicha dafn qilindi. Uning rafiqasi Byun Djong-seok, 2008-yil 17-avgustda 88 yoshida vafot etdi, yurakning uzoq muddatli asoratlari tufayli[9], Xanamdagi oilaviy qabristonda, eri va ularning oʻgʻillari bilan birga dafn qilindi.
Meros
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koreys tarixidagi eng tan olingan va hurmatga sazovor ishbilarmon kishilardan biri sifatida Chungning shaxsiyati hozirgi zamon koreys jamiyati va sanoatida yetakchi oʻrinni egallaydi. Ijodkorlik va innovatsiyalarni ta'kidlaydigan biznes bilan bogʻliq tadbirlar uning nomi bilan nomlandi[10]. Hyundaining hozirgi muvaffaqiyatining aksariyati Chungning zamonaviyligi va Hyundai rahbariyati saqlab qolishi kerak boʻlgan gʻoyalar bilan bogʻliq[11].
Kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sinovlar natijasi boʻlmasligi mumkin
- Bu mamlakatda tugʻilgan (ingliz)
- Agar muvaffaqiyatga erishishni rejalashtirmoqchi boʻlsangiz, lablaringiz kuyishi kerak[12].
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aka-ukalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chung In-yung (1920 ~ 2006). Hyundai Groupni tark etganidan keyin u Mando Machinery, Halla Cement, Halla Construction, Halla Heavy Industries va Halla Climate Control Corp kabilarni oʻz ichiga olgan Halla Business Groupga asos soldi.
- Chung Soon-Yung (1925 ~ 2015). Hyundai Engineering & Construction kompaniyasida ishlaganidan keyin u oʻzi bilan birga Hyundai Tsementni olib, Sungwoo ishbilarmonlik guruhini tashkil etdi, unga Hyundai Tsement, Hyundai Welding, Sungwoo Automotive va boshqalar kiradi.
- Chung Se-yung (1928 ~ 2005). Hyundai Motor asoschisi. Koreyaning yetakchi uy-joy quruvchisi boʻlgan Hyundai Development Co., Ltd bilan birgalikda Hyundai guruhini tark etdi.
- Chung Shin-Yun (1931 ~ 1962). Germaniyada Koreyaning gazeta kompaniyasida jurnalist boʻlib ishlayotganda avtohalokatda vafot etdi. Uning yagona oʻgʻli Chong Mong- xyuk Koreyadagi uchinchi yirik neftni qayta ishlaydigan Hyundai Oilbankni boshqaradi.
- Chung Sang-yung (1936 ~). KCC Chemical (Keumkang) guruhining asoschisi, Koreyaning yetakchi boʻyoq va shisha ishlab chiqaruvchisi.
Bolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chong Mong-pil (1934 ~ 1982). Bir avtohalokatda vafot Gimcheon bir Hyundai-qurilgan yilda Ford Granada,[13] ustida Gyeongbu Expressway ikki qiz va oʻgʻil qoldirib.
- Chong Mong-koo (1938 ~). Hozirda Koreyadagi ikkinchi yirik biznes-guruh - Hyundai Kia Automotive Group rahbari.
- Chong Mong-kun (1942 ~). Hozirda Hyundai Department Store Group, Janubiy Koreyadagi eng yirik chakana sotuvchilardan biri.
- Chung Kyung-Xi (1944 ~). Chung ju-Yun va Byeon Jong-seokning yagona qizi.
- Chong Mong-woo (1945 ~ 1990). Uch oʻgʻlini qoldirib oʻz joniga qasd qildi. Uning katta oʻgʻli Chung Il-sun hozirda BNG Steel kompaniyasining prezidenti, Hyundai Kia Automotive Group a'zosi.
- Chong Mong-hun (1948 ~ 2003). Hyundai Group sobiq raisi va otasiga koʻrinadigan merosxoʻr. U 2003-yil avgust oyida oʻz joniga qasd qildi, rafiqasi Xyun Chun Yun (1956 ~) Hyundai Group boshqaruvini tark etdi.
- Chong Mong-joon (1951 ~). Hyundai Heavy Industries, siyosatchi va amalda dunyodagi eng yirik kemasozlik firmasi egasi, shuningdek FIFA raisining oʻrinbosari.
- Chong Mong-yoon (1955 ~). Hyundai Marine & Fire Insurance sugʻurta kompaniyasi raisi, Koreyaning hayot uchun uchinchi yirik sugʻurtalovchisi.
- Chong Mong-il (1959 ~). Hyundai Merchant Bank va Kangwon Bankning sobiq raisi.
- Chung Chung In (Greys Jeong) - Aktrisa (noqonuniy bola), 1979-yilda tugʻilgan.
- Chung Chung Im (Elizabeth Jeong) - Reklama (noqonuniy bola), 1981-yilda tugʻilgan.
Jiyanlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chung In-Young orqali (1920 ~ 2006)
- Chong Mong-Guk.
- Chong Mong yutdi. Halla Group raisi. Yaqinda sotib olingan Mando Machinery.
Chung-Soon-yosh orqali (1925 ~ 2015)
- Chong Mong-sun. Sungwoo Group (Hyundai Cement) raisi.
- Chong Mong-suk. Hyundai Welding Co., Ltd. raisi
- Chong Mong Xun. Sungwoo Hyokwang International Co raisi.
- Chong Mong-yong. Sungwoo Automotive kompaniyasining raisi.
Chong Se-yong orqali (1928 ~ 2005)
- Chong Mong-kyu. Hyundai Motor sobiq raisi. Hyundai Development Co, Ltd kompaniyasining hozirgi raisi.
Chung Shin-yong orqali (1931 ~ 1962)
- Chong Mong-xyuk. Hyundai Oil va Hyundai Petrokimyoning sobiq prezidenti; Hyundai korporatsiyasining hozirgi raisi.
Chung Sang-yong (1936 ~) orqali
- Chong Mong-jin. KKM raisi.
- Chong Mong-ik. KKM raisining oʻrinbosari.
- Chong Mong-yeol. KCC Construction Co., Ltd kompaniyasi prezidenti
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Made in Korea: Chung Ju Yung and the Rise of Hyundai. By Richard M. Steers. Pg. 1. 1998.
- ↑ „(5) Chung Ju-yung: embodiment of Korea's economic miracle“ (en). koreatimes (2011-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
- 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Richard M. Steers. Made In Korea: Chung Ju Yung and the rise of Hyundai. Routledge, 1999. ISBN 0-415-92050-7.
- ↑ Kirk, Donald, 1938-. Korean dynasty : Hyundai and Chung Ju Yung. London: Routledge, 2015. ISBN 9781315483191. OCLC 959150941.
- ↑ Autopolis (2011). "1975-1982 Hyundai Pony: An Almost Cinderella Story".
- ↑ Autopolis (2011). "https://autopolis.wordpress.com/2011/05/15/1985-1994-hyundai-excel-the-car-that-launched-a-million-ships/".
- ↑ Amazon (2010). "Korean Founders of Automobile Manufacturers".
- ↑ Brooke, James. „A Suicide and Uncertainty in Korea“ (7-avgust 2003-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2019-yil.
- ↑ Hyundaiʻs Cornerstone Passes Away; '현대家의 대모' 변중석 여사 영원히 잠들다 (Wayback Machine saytida 2017-09-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ „제7회 정주영 창업경진대회“. 제7회 정주영 창업경진대회. Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (ko). 서울경제 (2019-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar. - ↑ 저, 정주영. {{{title}}} (ko).
- ↑ Lee, Ho-jeong. „Blast From the Past #10: Long before the gallop of Equus, Granada was Korea's luxury car“. Korea JoongAng Daily (2009-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 27-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (in Korean) Chung Ju-yung
- (in Korean) Chung Ju Yung kiber muzeyi
- http://www.time.com/time/asia/2006/heroes/bl_yung.html (Wayback Machine saytida 2007-02-19 sanasida arxivlangan)
- https://web.archive.org/web/20071008184233/http://www.asanmuseum.com/english/sub07_english01.htm