Chumolixoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chumolixoʻrlar (Myrmecophagidae) — chala tishlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. 3 uruqqa mansub 3 turi bor: katta Ch. (gavdasi 100— 120 sm, dumi 60—90 sm, ogʻirligi 18—23 kg), tamandua (gavdasi 55 sm cha, ogʻirligi 3—5 kg), kichik Ch. (gavdasi 18 sm cha, dumi 20 sm cha, ogʻirligi 0,5 kg cha). Katta Ch.ning yelkasi va dumidagi tuklar juda uzun (40 sm cha), tumshugʻi naysimon, tishlari yoʻq; oldingi oyoqlaridagi tirnogʻi mustahkam, ilmoqsimon qayrilgan. Tamandua va kichik Ch. dumi tuksiz. Ch. okshomda va tunda faol. Asosan, chumoli va termitlar uyasini buzib, ularni yopishqoq uzun (60 sm cha) tili bilan tutib yeydi. Yilda bitta bola tugʻadi. Ch. Meksikadan Boliviyagacha boʻlgan joylarda, Braziliya va Shim. Argentinaning tropik oʻrmonlari hamda butazor dashtlarida tarqalgan. Katta Ch. kamayib ketgani uchun muhofazaga olingan.