Chulim tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chulym languagedan yoʻnaltirildi)
Chulim tili
Milliy nomi Öс тили
Mamlakatlar  Rossiya
Rasmiylik holati yoʻq
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 44[1]
Tartiblovchi tashkilot yoʻq
Holati oʻlish arafasida
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Xakas guruhi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-2 tut
ISO 639-3 clw

Chulim tili, chulim tatarlari tili, chulimturkiy tili — turkiy tillarnmng uygʻuroʻgʻuz guruhiga mansub, Rossiya Federatsiyasida Ob daryosining oʻng irmogʻi boʻlgan Chulim sohillarida yashovchi oz sonli (690 kishi, 1996) chulim (kijilar) xalqining tili. Quyi chulim va oʻrta chulim laxjalariga boʻlinadi. Ushbu lahjalar, asosan, fonetik, qisman grammatik va leksik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Chulim tili oʻz yozuviga ega emas, kundalik hayotda soʻzlashuv tili sifatida qoʻllanadi, xolos.[2]

Chulim tili (Chulim tilida atalishi Ӧs (iyus) tili) — chulim xalqining tili. Turkiy tillar qatoriga kiradi. Shor tili va xakas tililariga yaqin. Markaziy Sibirda, Oltoy togʻlarining shimolida Chulim daryosining yoqasida tarqalgan. Yoʻqolib borayotgan til. Chulim tilida bor yoʻgʻi 50—60 kishi gaplashadi. 2010-yilgi sanoq boʻyicha 365 kishini tashkil qilgan chulim xalqining bor yoʻgʻi 44-tasigina chulim tilida gaplasharkan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]