Chukwubuike Adamu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Junior Adamu
Adamu Red Bull Salzburg bilan, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi  Chukwubuike Junior Adamu
Tavallud sanasi 6-iyun 2001-yil (2001-06-06) (22 yosh)
Tavallud joyi Kano, Nigeriya
Boʻyi 1.82 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Red Bull Salzburg
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2014 GSV Wacker
2014—2015 Grazer AK
2015—2018 Red Bull Salzburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2020 Liefering 49 (26)
2020— Red Bull Salzburg 43 (10)
2021—2022St. Gallen (ijara) 14 (6)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Avstriya U18 6 (0)
2019—2020 Avstriya U19 4 (3)
2020— Avstriya U21 12 (10)
2021— Avstriya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr uchun)

Chukwubuike Junior Adamu (talaffuzi: Chukvubuike Adamu; 2001-yil 6-iyunda tugʻilgan) — professional futbolchi, Avstriya Bundesligasining Red Bull Zalsburg klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[2]. Nigeriyada tugʻilgan, Avstriya terma jamoasida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adamu faoliyatini GSV Vakerning yosh jamoasida boshlagan. 2014-yil yanvar oyida Grazer AKga kelgan. 2015-yilda FC Red Bull Salzburg akademiyasiga qoʻshildi va U15 dan U18 gacha boʻlgan darajalarni bosib oʻtdi.

2017-yil sentyabr oyida birinchi marta FC Liefering jamoasiga qoʻshildi. Xuddi shu oyda Red Bull Salzburgning UEFA Yoshlar Ligasi jamoasida debyut qildi va Bordoga qarshi oʻyinda Nicolas Meister oʻrniga maydonga tushdi.

Professional debyutini FC Liefering safida WSG Wattensga qarshi 2018-yil noyabr oyida oʻtkazdi. 2020-yilda „Red Bull Salzburg“ bilan shartnoma imzoladi va sentyabr oyida Avstriya kubogi doirasida SW Bregenga qarshi oʻyinda Masaya Okugawa oʻrniga 75-daqiqada maydonga tushib debyut qildi[3].

2021-yil 15-fevralda Adamu Shveysariya Superligasi jamoasi St. Gallenga ijaraga oʻtdi[4].

Adamu Red Bull Salzburg safidagi ilk golini 2021-yilning 14-avgustida Admira qarshi oʻyinda kiritdi, bu gol uchrashuvning yagona goli boʻlib qoldi (1:0) [5] va „Salzburg“ning safardagi ketma-ket beshinchi g‘alabasini taʼminladi[5]. Uch kundan soʻng, UEFA Chempionlar ligasida ilk bor maydonga tushdi va pley-off bosqichida birinchi oʻyinida Daniya chempioni Brøndbyga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi, klub 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[6]. 2022-yilning 16-fevralida Adamu UEFA Chempionlar ligasidagi ilk golini Bundesliga chempioni Bayernga qarshi o‘yinda (1:1) urdi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nigeriyada tugʻilgan Adamu Avstriyani milliy terma jamoasini himoya qiladi. Avstriya U18, Avstriya U19 va Avstriya U21 jamoalarida ham oʻynagan.

Avstriya terma jamoasi safida ilk bor 2021-yil 12-noyabr kuni Jahon chempionati saralashi doirasidagi Isroilga qarshi o‘yinda maydonga tushgan[8].

Adamu 2022-yilda Avstriya U21 terma jamoasida

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

13-noyabr, 2022-yil[9]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Yevropa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
FC Liefering 2018—2019 Avstriya ikkinchi ligasi 16 5 16 5
2019—2020 Avstriya ikkinchi ligasi 20 14 20 14
2020—2021 Avstriya ikkinchi ligasi 13 7 13 7
Jami 49 26 0 0 0 0 49 26
Red Bull Zalsburg 2020—2021 Avstriya Bundesligasi 0 0 1 0 1 0
2021—2022 Avstriya Bundesligasi 30 7 4 1 9 1 43 9
2022—2023 Avstriya Bundesligasi 13 7 3 3 6 1 22 11
Jami 43 10 8 4 15 2 66 20
St. Gallen (ijara) 2020—2021 Shveysariya Superligasi 14 6 4 2 18 8
Jami faoliyati 106 42 12 6 15 2 133 54

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

20-noyabr, 2022-yil
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Avstriya 2021 1 0
2022 2 0
Jami 3 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Red Bull Salzburg

  • Avstriya Bundesligasi: 2021—2022
  • Avstriya kubogi: 2021—2022

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Junior Adamu“. FC Red Bull Salzburg. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  2. FC Red Bull Salzburg Team
  3. FC Salzburg Wiki
  4. „FCSG: FC St.Gallen verpflichtet 19-jährigen Stürmer: Junior Adamu kommt leihweise vom FC Red Bull Salzburg zu den Espen“ (de). Tagblatt (2021-yil 15-fevral). Qaraldi: 2021-yil 15-fevral.
  5. 5,0 5,1 „Successful Dress Rehearsal“. Red Bull Salzburg (2021-yil 14-avgust). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  6. „Salzburg 2-1 Brøndby“. UEFA (2021-yil 17-avgust).
  7. „Red Bull Salzburg 1-1 Bayern Munich“. BBC Sport (2022-yil 16-fevral). Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
  8. „Austria v Israel game report“. FIFA (2021-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  9. Chukwubuike Adamu Soccerway saytida. Qaralgan sana: 17 August 2021.