Chugʻurchuqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chugʻurchuqlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chugʻurchuqlar (Sturnidae) — chumchuqsimonlar turkumi oilasi, 24—26 uruqqa mansub PO turi maʼlum. Tanasining uz. 17—45 sm, vazni 50—100 g. Oyoqlari baquvvat, yerda va daraxtda harakatlanishga yaxshi moslashgan. Voyaga yetganlarining rangi qoramtir, tovlanib turadi. Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliyada tarqalgan (oddiy Ch. shimoliy Amerikaga olib kelingan). Oʻzbekistonda oddiy chugʻurchuq, soch va mayna uchraydi. Uyasini kovaklar, qoya yoriklariga, binolar boʻgʻoti va boshqa joylarga quradi. Janubiy xududlarda yilida 3-martagacha 4—6 tadan tuxum qoʻyib, nari va modasi navbat bilan 15—18 kun bosadi. Hasharotlar, ularning lichinkalari va mevalar bilan oziqlanadi. Baʼzan begona oʻtlar urugʻini ham yeydi. Yaxshi sayraydi, mayna esa ayrim soʻzlarni yodida sakdaydi va takrorlaydi.