Christy Turlington
| Christy Turlington | |
|---|---|
|
Turlington 2024-yilda | |
| Tavalludi |
Christy Nicole Turlington 2-yanvar 1969-yil |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Taʼlimi |
|
| Faoliyat yillari | 1983–hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi |
Edward Burns (turm. 2003) |
| Bolalari | 2 |
| Modellik | |
| Boʻyi | 5 ft 10 in (1.78 m)[1] |
| Soch rangi | jigarrang[1] |
| Koʻz rangi | yashil[1] |
Christy Nicole Turlington Burns (qizlik familyasi: Turlington; 1969-yil 2-yanvarda tugʻilgan) model. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida supermodel sifatida mashhurlikka erishgan. 1989-yilda, shuningdek, 2014-yilda[2] Calvin Klein brendining Eternity koʻrgazmasida ishtirok etgan. Bundan tashqari, model sifatida Maybelline brendini ham namoyish etgan. American Vogue jurnalining uzoq yillik badiiy rahbari Grace Coddington uni „dunyodagi eng goʻzal ayol“ deya taʼriflagan[3].
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Christy Turlington 1969-yil 2-yanvarda Kaliforniyaning Walnut Creek[1] shahrida tugʻilgan. Otasi Pan Am aviakompaniyasi uchuvchisi Dwain Turlington, onasi esa salvadorlik styuardessa María Elizabeth (qizlik familiyasi: Parker Infante)[4][5]. Oilada uch qizning oʻrtanchasi boʻlgan. Onasi rim-katolik oqimiga eʼtiqod qilgan va farzandlarini ham shu ruhda tarbiyalagan. Keyinchalik Christy voyaga yetgach ham shu dinga eʼtiqod qilishda davom etgan[6][7].
Otasi Pan Am aviakompaniyasida tayyorlov kapitani sifatida ishlayotgan paytda, Turlington Florida shtatining Mayami shahrida ot minishni mashq qilayotgan edi va aynan oʻsha paytda u model sifatida mahalliy fotograf Dennie Cody tomonidan kashf etilgan[8]. Turlington 14 yoshidan 16 yoshigacha maktabdagi darslaridan keyin, shuningdek, yozgi taʼtil paytlarida Kaliforniyaning Danville shahridagi Monte Vista oʻrta maktabida oʻqib yurgan kezlarida model sifatida ishlay boshlagan[1][9]. 18 yoshga toʻlgach, modellik sohasida toʻliq faoliyat olib borish maqsadida Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
2000-yilda Turlington Hamptonsdagi bir ziyofatda aktyor, rejissyor va yozuvchi Edward Burns bilan tanishgan va yil oxiriga kelib ular unashtirilgan[10] }}. 2002-yilda Nyu-Yorkda juftlik birgalikda oʻzlari uchun alohida yer-mulk sotib olganlaridan keyin oradan atigi bir necha oy oʻtib, ular ajralishga qaror qilishgan[10] }}. Juftlik keyinchalik yana yarashgan[10] }} va 2003-yil iyun oyida San Franciscoda boʻlib oʻtgan marosimda turmush qurishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Christy Turlington“ (database of modeling activities and statistics). FashionModelDirectory.com (2018-yil 10-iyul). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-avgust. Note, there is no text biography provided at this source.
- ↑ Chan. „Christy Turlington Burns, Ed Burns in Calvin Klein Eternity Campaign“. The Hollywood Reporter (2014-yil 9-may). Qaraldi: 2025-yil 24-iyun.
- ↑ Cutler, R.J. (director); Coddington, Grace (creative director); etc.. Some Style is Legendary (shortform streaming video; documentary). Tiffany & Co.. time unspecified.
- ↑ Benson, Richard „Yogi Bared“. The Daily Telegraph (2003-yil 12-mart). — „Her family was Californian middle-class; father Dwain a Pan Am pilot, mother Elizabeth a child of El Salvadorean immigrants, who met Dwain while working as a Pan-Am air-hostess. Christy was the middle of three sisters—the youngest, Erin, used to own a jazz club...“. 2012-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-fevral.
- ↑ Ikeda, Paula „Belleza No Significa No Tener Arrugas“ [Beauty Doesn't Mean You Don't Have Wrinkles]. Parati.com.ar. Buenos Aires, Argentina: Revista Para Ti (2007-yil 3-aprel). — „Llegó acompañada de su mamá – la salvadoreña María Elizabeth Parker Infante [She arrived accompanied by her mother – Salvadoran María Elizabeth Parker Infante]“. 2011-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-fevral.
- ↑ „The Model Yogini: Beliefnet Catches Up with Christy Turlington“ (interview) (2019-yil 2-sentyabr). 2019-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-sentyabr.
- ↑ Nathan. „Christy Turlington Burns Wants Quality Maternal Care for All This Mother's Day“. Groknation (2018-yil 8-may). Qaraldi: 2018-yil 14-avgust.
- ↑ Whitworth, Melissa „Christy Turlington: The Outsider“. The Daily Telegraph (2007-yil 23-sentyabr). 2016-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-fevral.
- ↑ Seeber, Michael „Christy Turlington: Beauty and Balance“. PsychologyToday.com (2012-yil 14-iyun). Qaraldi: 2008-yil 15-fevral.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Morris, Nicky. „Profiles: Christy Turlington—Biography“. Hello Magazine (2023-yil 29-iyun). Qaraldi: 2025-yil 23-iyun.Andoza:Verification needed
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turlington, Christy. Living Yoga: Creating A Life Practice. New York: Hyperion, 2003. ISBN 0-7868-6806-6. OCLC 49925242.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Christy Turlington haqida turkum mavjud |
