Christine Cavanaugh
Christine Josephine Sandberg | |
---|---|
Tavalludi |
Christine Josephine Sandberg 16-avgust 1963-yil Layton, Utah, A. Q. Sh. |
Vafoti |
22-dekabr 2014-yil (51 yoshda) Cedar City, Utah, A. Q. Sh. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Turmush oʻrtogʻi |
Kevin James Cavanaugh (turm. 1985; ajr. 1985) |
Faoliyat yillari | 1988-2003 |
Christine Jozephine Cavanaugh (talaffuzi: „Kristin Jozefin Kavano“, 1963-yil 16-avgust — 2014-yil 22-dekabr) amerikalik aktrisa boʻlib, u oʻziga xos nutq uslubiga ega boʻlgan va koʻplab multfilm qahramonlari uchun ovoz bergan, buning ortidan esa mashhurlikka erishgan. U Nickelodeon ning Rugrats filmidagi Chuckie Finsterning asl ovozi va Darkwing Duck filmidagi Gozalin Mallardning ovozi, ABC kanalidagi Sonic the Hedgehog multfilmidan Bunnie Rabbot va Babe obrazlariga ham ovoz bergan.
Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Christine Jozephine Sandberg 1963-yil 16-avgustda[1] Yuta shtatining Layton shahrida[2] Valdo Eugene Sandberg va Reta Sandberg (néy Meyson) oilasida tug‘ilgan[3]. Cavanaugh Iso Masihning oxirgi kun avliyolari cherkovining aʼzosi edi[4].
Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1991-yilda Cavanaugh Disneyning Darkwing Duck filmida bosh qahramonning asrab olingan qizi Gozalin Mallardni, shuningdek Nickelodeon multfilmi Rugratsda Chukki Finsterni, 1994-yilda esa Oblinani Aaahh!!! Real Monsters filmi obrazlariga ovoz bergan.
Cavanaughni The Critic filmida Jay Shermanning oʻgʻli Marthining ovozi sifatida ham eshitish mumkin edi. Uning ovozli ijodlari qatoriga Sonic the Hedgehog, 101 Dalmatians: Seriya, Herkules: Animatsion seriya, Powerpuff Girls, The Wild Thomberrys va Recess animatsion seriyalari, shuningdek, The Wacky Adventures of Ronald McDonaldning ovozi kiradi. 1990-yillarning boshlarida Cavanaugh Disney kanalida „keyingi“ bamperlar uchun diktor boʻlib ham ishlagan.
Oʻlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yil 22-dekabrda Cavanaugh Yuta shtatining Sidar-Siti shahridagi uyida surunkali miyelogen leykemiyadan vafot etdi. U 51 yoshda edi[5]. Uning jasadi kuydirildi va kuli Buyuk Tuz koʻliga sochildi[6].
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Teleserial/film | Rol |
---|---|---|
1990 | Cheers | Terry Gardner |
1991 | Salute Your Shorts | Mona Tibbs |
Empty Nest | Kimberly | |
1992 | Salute Your Shorts | Mona Tibbs |
Hermanʼs Head | Martha Fitzer | |
1993 | Wings | Fan |
Frasier | Oshxona ishchisi | |
1994 | Wild Oats | Kathee |
1995 | Little Surprises | Pepper |
Down, Out & Dangerous | Leslie McCoy | |
1996 | Jerry Maguire | Mrs. Remo |
1997 | Delivery | Bridgette |
Soulmates | Anna Weisland | |
The X-Files | Amanda Nelligan | |
Everybody Loves Raymond | Erin | |
1998 | You Lucky Dog | Bernice |
2000 | ER | Gloria |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Christine Cavanaugh“. Turner Classic Movies. Qaraldi: 20-fevral 2022-yil.
- ↑ „Christine Cavanaugh Obituary (2014) – Los Angeles, CA“. The Los Angeles Times (30-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
- ↑ „Obituary: Waldo E. Sandberg“. Deseret News (19-sentabr 1999-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Television Shows Made by Latter-day Saints“. ldsfilm.com.
- ↑ „Christine Cavanaugh, Piglet's Voice In 'Babe,' Dies At 51“. The New York Times. Associated Press (31-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 6-aprel 2016-yil.
- ↑ Wilson, Scott. Resting Places: The Burial Sites of More Than 14,000 Famous Persons, 3, McFarland, 2016 — 125 bet. ISBN 978-0-7864-7992-4.