Chris Hughes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chris Hughes
Tavalludi 26-noyabr 1983[1]
Fuqaroligi AQSh

Chris Hughes (talaffuzi: Kris Hyuz; 1983-yil 26-noyabrda tugʻilgan[2]) — amerikalik tadbirkor eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri boʻlgan Facebook ning asoschilaridan biri.

Massachusetts shtatining Endover shahridagi Fillips Akademiyasi bitiruvchisi[3]. Harvard universitetida tahsil olgan. 2006-yilda tarix va adabiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan[4].

2004-yilda hali talaba boʻlgan Chris Hughes Mark Zuckerberg, Dustin Moskovitz va Eduardo Saverin bilan birgalikda keyinchalik dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa aylangan Facebookka asos solishadi. Ammo 2007-yilda Hughes Barack Obamaning saylovoldi kompaniyasida ishtirok etish uchun loyihani tark etishga qaror qiladi. AQShda prezidentlik saylovlari paytida Chris Hughes Barack Obamaning veb-saytini ishlab chiqish va uning ijtimoiy-axborot kompaniyasini boshqarish bilan shugʻullangan[5].

2009-yilda saylovlar tugagandan soʻng u General Catalyst venchur investitsiya kompaniyasida faoliyat olib boradi[6][7].

U dunyoni oʻzgartirish uchun ish olib borayotgan shaxslar va tashkilotlar oʻrtasida biznes aloqalarni oʻrnatish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish istagi ustuvor gʻoya hisoblangan Jumo startapiga asos solgan[8][9].

Chris Hughes oʻzining besoqolbozligini yashirmaydi[10]. 2011-yil yanvar oyida Nyu-Yorkda[11] nikoh tengligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan ziyofatda Chris va uning jufti Sean Eldridge unashtirilganliklarini eʼlon qilishgan va 2012-yil 30-iyunda ular turmush qurishgan[12][13].

Ijtimoiy tarmoq (2010) filmida Chris Hughes obrazini Patrick Mapel gavdalantirgan[14] .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „Chris Hughes profile“. CrunchBase. 12-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-yanvar 2011-yil.
  3. McGirt, Ellen. 
  4. „Founder Bios“ (en). Facebook. Qaraldi: 7-yanvar 2019-yil.
  5. „My Barack Obama“ (deadlink). Obama for America. 4-iyul 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-oktabr 2019-yil.
  6. Schonfeld, Erick. „After Facebook And The Obama Campaign, Chris Hughes Takes a Post At General Catalyst“. TechCrunch (17-mart 2009-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2019-yil.
  7. „Facebook Co-Founder Joins Venture Capital Firm“. Private Equity Hub (17-mart 2009-yil). 26-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-avgust 2011-yil.
  8. McGirt, Ellen. „Facebook Chris Hughes Jumo.com“ (18-mart 2010-yil).
  9. Wortham, Jenna. „A Facebook Founder Begins a Social Network Focused on Charities“. The New York Times (30-noyabr 2010-yil).
  10. Kim, Ryan James. Out on Facebook (25-oktabr 2005-yil), s. 44.
  11. „A Place at the State Dinner Table“. The Advocate (24-noyabr 2009-yil). 12-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-avgust 2011-yil.
  12. „Один из основателей сети Facebook помолвлен со своим возлюбленным“ (deadlink). 18-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2011-yil.
  13. „Forty Under 40“ (deadlink). The Advocate (май 2011). 14-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-noyabr 2012-yil.
  14. „How Chris Hughes and Facebook co-founders were cast in 'Social Network'“ (en). New York Post (9-may 2019-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]