Chris Bosse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chris Bosse — nemis arxitektori. Meʼmor Avstraliyaning Sidney shahrida oʻtkazilgan 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun inshootlar hamda Pekin milliy suv sporti markazining dizayneri hisoblanadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chris Bosse 1971-yil 30-sentyabrda Germanyaning Shtutgart shahrida arxitektor Wolfgang Bosse oilasida tug‘ilgan. Uning akasi Jan Bosse teatr direktori boʻlib ishlagan. Bosse otasining izidan borib, avval Berlin va Kyolnda, keyinroq Lausannedagi EPFLda arxitektura boʻyicha tahsil oldi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay, u Sidneyga koʻchib oʻtdi. PTW kompaniyasida yordamchi arxitektor sifatida ish boshladi. U yerda 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun qurilgan koʻplab inshootlar dizayneri sizfatida ishladi.

Bosse 2008—2012-yillarda Londondagi RIBA tashkiloti tomonidan rivojlanayotgan meʼmor mukofotini, Osiyoda dizaynerlari uchun nufuzli boʻlgan „40 under 40 award“ mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2015-yilda Sidneydagi Avstraliya Dizayn Markazida „Australian Design Honor Award“ mukofoti sovrindori boʻldi[1].

2007-yilda Bosse Tobias Walliser va Aleksandr Rieck bilan LAVA (Avstralya Arxitektura Laboratoriyasi) ga asos solgan[2].

2010-yildan 2018-yilgacha Bosse Avstraliyadagi Sidney Texnologiya Universitetida (STU) yordamchi professor hamda tadqiqot innovatsiyalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan.

Oʻz amaliyotida Bosse koʻpincha biomimetika amaliyotidan foydalanadi[3]. U tabiatda uchraydigan tabiiy jismlardan ilhomlangan holda ularga tashqi koʻrinish hamda dizayn loyhalari olib borish bilan shugʻullandi[4].

Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxitektura laboratoriyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chris Bosse va LAning Avstraliya, Abu Dabi, Xitoy, Koreya va Germaniyadagi loyihalari

Chris Arxitektura Laboratoriyasida (LA) Tobias Wallisser va Aleksandr Riecklar bilan birga ish olib borgan. Arxitektura labaratoriyasining Sidney, Shtutgart, Berlin va Vetnamda ofislari mavjud.

Arxitektura labaratoriyasi 2007-yilda tashkil etilgan. Labaratoriya xalqaro tahlil markazi boʻlib, u tadqiqot qilish va dizaynga ishlariga yoʻnaltirilgan. Uning maqsadi arxitekturaning madaniy, texnologik va ijtimoiy oʻzgarishlarni oʻrganishdan iborat[5].

2008-yil 7-oktyabrda Dubay shaharida boʻib oʻtgan forumda oʻzining „Yetti minora“ loyhasi bilan ishtirok etishgan. Forum soʻngida uning loyhasi maʼqullanib qurilish ishlari boshla yuborilgan[6]. Arxitektorlar Chris Bossening taʼkidlashicha, minora anʼanaviy arxitektura tafakkuridan voz kechgan holda quriladi.  

Arxitektura labaratoriyasi arxitektorlari 2010-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) barqaror eko-shahar — Masdarni loyihalash bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi[7]. Biroq Masdardagi ochiq tabiat hamda quruq iqlim bunga qarshilik qilar edi. Ushbu muammoni hal qilish maqsadida arxitektor loyhani amalga oshirish uchun oʻz davrining eng ilgʻor texnologiyalaridan foydalandi. Ushbu shahar loyhasi mehmonxona, anjumanlar markazi, koʻngilochar va chakana savdo obyektlarini oʻz ichiga oladi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Www.australi. „Chris Bosse“ (en). Australian Design Centre. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  2. „The Founders » LAVA“. www.l-a-v-a.net. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  3. Chris Bosse: LAVA (Laboratory for Visionary Architecture) (inglizcha), qaraldi: 30 August 2022
  4. Chris Bosse on Bioinspiration (inglizcha), qaraldi: 30 August 2022
  5. „Home » LAVA“. www.l-a-v-a.net. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  6. „Schumacher Tower project breaks ground next week“.
  7. „LAVA Design for the Centre of Fosters Masdar City - DETAIL.de - Portal for Architecture - architectural notices and informations for architects about construction and design“. 2009-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-mart.
  8. „Cityscape Awards - Buildings, Architects - e-architect“ (2010-yil 10-fevral).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]