Kontent qismiga oʻtish

Chorsu mahallasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chorsu

Chorsu mahallasi
Mahalla
Skyline of Chorsu
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700021
Avtomobil kodi 01

Chorsu mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi mahalla. Beshyogʻoch dahasining qadimiy mahallalaridan biri. Toshkentning qadimdagi barcha darvozalaridan yoʻllar ushbu mahallada tutashgan.[1]

11-asrda mahalla sifatida shakllangan. Hazrati Ukkosha bulogʻi hamda Badalmat hammoni ushbu mahallada joylashgan. Keyinchalik hammom oʻrnida Chorsu mehmonxonasi qad rostlagan, buloq esa JAR sport majmuasi oʻrnida boʻlgan.[1]

Mahalla nomi eski manbalarda Chovursuk (toʻrt tomonlama), Chorsuk, Chorbozor shakllarida ham uchraydi.[2]

Chorsu mahallasida JAR sport majmuasi, Ichki ishlar vazirligi muzeyi, maktablar, bogʻchalar, koʻp qavatli turar joy binolari mavjud[3]. 15-asrga oid meʼmoriy yodgorlik – Moʻyi muborak Ukkosha masjidi Chorsu mahallasida joylashgan.[4]

Chegaralanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chorsu mahallasi Beruniy, Samarqand Darvoza, Qoratosh hamda Laylitoʻgʻon koʻchalari oraligʻida joylashgan. Mahalla Beruniy hamda Samarqand Darvoza koʻchalari kesishgan joydan (Chorsu mehmonxonasi) Samarqand Darvoza koʻchasi boʻylab Qoratosh koʻchasigacha (Samarqand Darvoza SKMning diagonal qarama-qarshi tomoni), Qoratosh koʻchasi boʻylab Laylitoʻgʻon koʻchasigacha (Mumtoz toʻyxonasining qarama-qarshi tomoni), Laylitoʻgʻon koʻchasi boʻylab Beruniy koʻchasigacha, Beruniy koʻchasi boʻylab Samarqand Darvoza koʻchasigacha boʻlgan hudud bilan chegaralanadi[5].

  1. 1 2 Muh̜ammadkarimov, Abdulaziz. Toshkentnoma, 2-toʻldirilgan nashri, Toshkent: Jangi asr avlodi, 2009 33-bet. ISBN 9789943084025. Qaraldi: 30-iyul 2024-yil. 
  2. Muh̜ammadkarimov, Abdulaziz. Toshkentnoma, 2-to'ldirilgan nashri, Toshkent: Jangi asr avlodi, 2009 120-bet. ISBN 9789943084025. Qaraldi: 30-iyul 2024-yil. 
  3. „Chorsu mahallasi 2gis xaritasida“. 2gis.uz. Qaraldi: 30-iyul 2024-yil.
  4. „“Мўйи Муборак Уккоша” жомеъ масжиди тарихи“. shosh.uz. Qaraldi: 30-iyul 2024-yil.
  5. „Toshkent shahridagi mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 124/15-5-sonli Qarori“. lex.uz. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2016-yil 12-iyul). Qaraldi: 30-iyul 2024-yil.