Chorgoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chorgoh (fors—toʻrt va joy, oʻrin) — 1) Oʻn ikki maqom tizimidagi 24 shoʻʼbalardan birining nomi. Tovushqatori 2 butun (204 va 180 sent) va yarim ton (114 sent) oraligʻida joylashgan pardalar tuzilmasiga asoslangan. Oʻtmishda bastakorlar Ch.ning pardalari negizida turli shakl va janrlarda asarlar yaratishgan. Ch. makom yoʻllari hozirgi kunga kadar xilmaxil ijod va ijro uslublari orkali bizgacha yetib keldi. Muayyan maqom yoki shoʻʼba tovushqatorining toʻrtinchi pardasi ham Ch. deyiladi. Musiqa ijodkorlari tomonidan xar xil maqom va shoʻʼbalarga tayangan holda Ch. nomida kuy va ashulalar bitilgani maʼlum. Masalan, "Chorgohi Ajam" (Ajam shoʻʼbasining Chorgohi) kabi. Bu asar Oʻrta ayerlarda 24 murakkabotning biri sanalgan; 2) Shashmaqom hamda Xorazm maqomlari majmuasidagi Dugoh makrmida tarkibiy cholgʻu kuy va ashula yoʻllari: "Muxammasi Ch.", "Talqini Ch.", "Nasri Ch.", "Ufari Ch.", "Savti Ch.", "Talqinchai Savti Ch.", "Qashqarchai Savti Ch.", "Soqiynomai Savti Ch.", "Ufari Savti Ch.". Ular parda tuzilishining dastlabki toʻrt pogʻonasi Oʻn ikki makom Ch. shoʻʼbasiga moye keladi. Ch. maqom yoʻllari yorqin va yoqimli yangraydi, tinglovchida xush kayfiyat uygʻotadi. Ch. shoʻʼbalarining oʻzgacha uslubiy yoʻllari ham yaratilgan. Chunonchi, Toshkent, Fargʻonada mashhur Ch. ashula yoʻllari, "Yovvoyi Ch.", surnay kuylari, Sodirxon Hofiz (Bobosharifov) yaratgan "Chorgohi Munojot" shular jumlasidan. Mazkur vohalarda mashhur Ch. yoʻllari 5 qismli yirik shakldagi ashula turkumidan iborat. "CH.1" saraxbor, "CH.2" tarona, "CH.Z" savt, "CH.4" qashqarcha, "CH.5" va Ch.6" ufar doyra usullari asosida ishlangan; 3) Eron dastgohlari, ozarbayjon mugʻomlari va uygʻur muqomlaridan birining nomi. Mazkur Ch.larning parda tuzilishi birbiriga yaqin boʻlsada, kuyohanglari, usul va uslublari uz milliy va mahalliy musiqasiga xosdir.