Chorchinor madrasasi
Madrasa | |
Chorchinor madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | shayx Muhiddinxon |
Homiylar | shayx Muhiddinxon |
Binokorlik | 1914-yil—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Chorchinor madrasasi — Samarqand madrasasi. Chorchinor madrasasi Samarqandda 1914-yilda bunyod etilgan. Tadqiqotchi Sunnatullo Muhiddinov ushbu dargohni Oʻzbekiston hududidagi eng soʻnggi qurilgan va faoliyat yuritgan madrasa deya taʼriflagan[1]. Tadqiqotchi soʻzlariga koʻra, madrasada 1927-yilga qadar talabalar tahsil olishgan. Madrasa Buxorodagi Mir Arab madrasasi yopilgach, uning talaba va mudarrislari bir qancha vaqt Urgutdagi Gʻishtin madrasasida tahsil olgan va faoliyat yuritgan. Mazkur oliy dargoh 1914-yil Chorchinor majmuasida shayx Muhiddinxon tomonidan bunyod etilgan. Dastlab inshoot masjid vazifasini bajargan. Mazkur imorat Abduqodir (1868—1934) ismli usta boshchiligida qurib bitkazilgan. Chorchinor qabristoni Urgutning mashhur tarixiy ziyoratgohlaridan biridir. Majmuaning ikkinchi qismida bir nechta tarixiy shaxslar mangu makon topgan. Ulardan biri mashhur eshon Valixon Ismoilxoʻja oʻgʻli (1842—1915) qabridir. Mir Arab madrasasida mudarrislik qiladi. Oʻgʻli shayx Muhiddinxon (1875—1931) Urgutda yashab, keyinchalik Buxoroga borgan va madrasalarning birida mudarrislik qilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Madrasa Urgut tumanida joylashgan boʻlgan va mashhur madrasalardan biri boʻlgan. Rossiya imperiyasi davrida ushbu madrasaning vaqf hujjatlari saqlanib qolgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chorchinor madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.