Cholota qoʻrgʻoshin-rux koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cholota qoʻrgʻoshin-rux koni — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi kon. Oltintopgan shaharchasidan 1,5 km gʻarbda, Qoramozor (Qurama togʻlarining gʻarbiy tarmogʻi) ning jan.gʻarbiy qismida joylashgan. 1940-yilda ochilgan. Uning geologik tuzilishida terrigen, choʻkindivulkanogen, karbonat xamda choʻkindivulkanogen yotqiziqlar mavjud. Cholota rudali maydoni Cholota, Oltintopgan va Otquloq yoriqlaridan hosil boʻlgan tektonik blokni tashkil qiladi. Qoʻrgʻoshinrux ruda minerallari, asosan, skarnlar ichidan oʻrin olgan. Ruda tarkibida, asosan, pirit, pirrotin, sfalerit, galenit, xalkopirit, baʼzan magnetit, gematit va boshqa bor. Konda, qoʻrgʻoshin va ruxdan tashqari, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan kumush, kadmiy mavjud. Ruda jismlarining uz. 200–700 m, qalinligi 4,4—7,2 m. Qoʻrgʻoshinning tarkibi: rudali tanalarda 2,12% dan 0,96% gacha.