Cholgʻulashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Cholg‘ulashtirishdan yoʻnaltirildi)

Cholgʻulashtirish — musiqiy ijod turi; musika asarini muayyan cholgʻu ansambl yoki orkestr (orkestrlash) tarkibi va ijrosiga moʻljallab moslashtirish. Cholg'ulashtirish jarayonida kompozitor cholgʻular xususiyati va ifodaviy imkoniyatlari, shuningdek, asarning badiiy mazmunidan kelib chiqqan holda ovoz yoʻllarining qaysi sozda ijro etilishini belgilaydi. Cholg'ulashtirish yangi asarni ijod etish paytida qamda mavjud asarni boshqa musika jamoasi ijrosiga moslashtirish (aranjirovka) jarayonida namoyon boʻladi. Cholg'ulashtirish maxsus musika oʻquv yurtlarida ixtisoslashgan fan sifatida oʻqitiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]