Choʻngara-gʻalcha gazneft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Cho`ngara-G`alcha Gazneft Konidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Choʻngara-gʻalcha gazneft koni — Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qoʻqon shahridan 35 km jan. da, Olay togʻlarining togʻ oldi qiyaliklaridagi Gʻalcha, Choʻngara, Shim. Soʻx antiklinallarida joylashgan. 1949 yilda ochilgan. 1950 yildan foydalanishga togapirilgan. Kon Choʻngara va Gʻalcha strukturalarining sharkiy periklinal botikligida joylashgan. Choʻngara antiklinal strukturasi kichik boʻlib, baqgriyasoʻx yotqiziklari boʻyicha uz. 6 km, eni 1,3 km, asimmetrik tuzilishga ega, kenglik boʻyicha choʻzilgan. Gʻalcha strukturasi Choʻngara strukturasiga nisbatan jan.roqsa joylashgan boʻlib, subkenglik boʻyicha choʻzilgan gumbazi yassi va keng . Konda jami 118 ta burgʻi qudugʻi kazilgan boʻlib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziklarini ochgan. 1958—60 ylarda Choʻngara va Gʻalcha maydonlaridagi (4gorizont) neft uyumi yaxlit ekanligi maʼlum boʻldi.

Konda sanoat miqyosida neft 4gorizontda litologik toʻsilgan uyumda, gaz 5 va 7gorizontlardagi uyumlarda mujassamlashgan. 4gorizont mergel, angidrit, gillar bilan almashinib keladigan ohaktoshlardan tarkib topgan. Ular ostidagi mayda zarrali qumtoshlar ayrim joylarda qiyiqlanib, alevrolit yoki gil bilan almashinib keladi. Neft va gaz uyumlari aynan shu joyda qumtoshlarning litologik qiyiqlangan zonalarida joylashgan. 5gorizont paleogen davrining turkiston, 7olay qatlarining yuqori qismidagi gil jinslar ichida ajratilgan, asosan, ohaktoshlardan va qisman mergel qatchalaridan tuzilgan. 5gorizont 340–420 m, 7gorizont 405–467 m chuqurlikda ochilgan. Hamma gorizont lardagi suvlar past darajada minerallashgan boʻlib, kimyoviy tarkibiga koʻra, gidrokarbonatnatriyli va sulfatnatriyli tipga mansub. Kon zaxirasiga koʻra, kichik konlar toifasiga kiradi. Kondan hozirgi vaqgda foydalanilmoqda.