Choʻpondepe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Cho'pondepedan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Choʻpondepe, Choʻpontepa — miloddan avvalgi 6—5ming yilliklar (neolit davri)ga oid arxeologik yodgorlik. U ilk sugʻorma dehqonchilik madaniyatiga mansub (qarang Joytun madaniyati). Ch. Ashxobod viloyatining Goʻkdepe tumani markazidan 7–8 km sharkda joylashgan. 1957—58 yillarda qayd etilib, qazishmalar oʻtkazilgan. Ch. uzunchoq shaklda boʻlib, balandligi 5 m, maydoni 2 ga dan iborat. Bir necha ming yilliklar davomida Ch.da kechgan oʻtroq hayot izlari yodgorlik sahni ostida 6 m li kalin likdagi madaniy qatlamda saqlanib qolgan. Qazish jarayonida uning yuqori va ostki qatlamlaridan turar joy xarobalari kavlab ochilgan. Murabbaʼ shakldagi uylar yirik guvala (diametri 20—25 sm, uz. 60—70 sm li)lardan somonli loy bilan bino qilingan. Xona devorlari sahni somonli loy bilan suvalgan. Xonaga torgina eshik orqali kirilib, ichkarisida guvaladan barpo etilgan ulkan oʻchoq, tashqarisida esa, hovli, xoʻjalik oʻrasi va kataklari joylashgan. Kazishmalardan 2 mingdan ortiq mikrolit tosh qurollar (qadama oʻroq, qirgʻich, oʻroqranda, teshgich, parma), qoʻlda yasalgan sopol idish (kosa, tovoq va xumchalar), turli hayvonlarning suyaklari (echki, qoʻy, buqa, jayran, it, tulki va boshqalar) va koʻmirga aylangan don qoldiqlari (asosan, arpa, bugʻdoy) topilgan. Sirti silliklangan sopol idishlarning ayrimlariga toʻq jigarrang yoki och malla rangli toʻlqinsimon yoki yarim doira shakllardagi naqshlar berilgan. Topilmalardan maʼlum boʻlishicha, Ch.liklar, asosan, sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shugʻullangan boʻlsalarda, ovchilik ham ular hayotida muhim oʻrin tutgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Masson V.M., Srednyaya Aziya i Drevniy Vostok, M.L., 1964.