Choʻlyalpiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Cho'lyalpizdan yoʻnaltirildi)

Choʻlyalpiz (Ziziphora tenuior L.) — labguldoshlar oilasi, kiyikoʻtlar turkumiga mansub bir yillik oʻt turi. Poyasi tik, asos qismidan shoxlangan, gullari och sapsar rang, boshoqsimon toʻpgul hosil qiladi. May—iyun oylarida gullab, iyul—avgustda meva tugadi. Choʻllarda, adirlarda, togʻlarning oʻrta mintaqalarida shagʻalli va toshli tuproqlarda oʻsadi. Sugʻorilmaydigan bahorikor ekinlar orasida begona oʻt sifatida uchraydi. Efirmoyli oʻsimlik. Choʻlyalpiz.