Chjen Chengun
Qiyofa

Chjen Chengun (Yevropa adabiyotida Koksinga) (1624-1662) - Xitoy sarkardasi. Savdogarlardan. 1646-yildan manjurlarning Sin sulolasiga qarshi koʻtarilgan kurashda qatnashgan. Bu davrda Sinlarning hokimiyati deyarli butun Xitoy hududiga tarqalgan edi. Futszyan, Guandun va Chjetszyan viloyatlarining dengiz sohil boʻyi rnlarida oʻrnashib olgan Ch.Ch. manjurlardan Jan.Sharqiy Xitoyning katta qismini tortib olgan, lekin 1659-yil Nankin yaqinida magʻlubiyatga uchragan. 1661—62 yillarda golland mustamlakachilarini Tayvan o.dan quvib chiqargan va uni Sinlarga qarshi kurash markazi (bazasi)ga aylantrfgan. Uning oʻgʻli va nabirasi 1683-yilgacha Tayvanda hukmronlik qilishgan, shu yili orolni Sin qoʻshinlari bosib olgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |