Chizmachilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chizmachilik — obʼyektlar (turli mashinalar, mexanizmlar, binolar, inshootlar va boshqalar)ning chizmalarini, sxemalar, xaritalar va grafiklarni chizishga, turli buyumlarning tasvirlarini yasashga oid krnunkridalar va usullarni oʻz ichiga olgan texnika fani; chizmalar, loyihalarni chizish bilan shugʻullanish. Ch.ning asosini geometriya, chizma geometriya fanlari tashkil etadi. Vazifasi — chizmachilik asboblaridan foydalanib turli buyumlarning tasvirlarini, loyihalar va eskizlarini chizishga, chizilgan chizmalarni oʻqishga, aksonometriya yasashga oʻrganish. Ch.ning mazmuni va hajmi uning fan va texnikaning qaysi sohasi uchun moʻljallanganligiga qarab aniklanadi. Ch. fanining boʻlimlari: geometrik Ch.; proyeksion Ch.; mashinasozlik Ch.i, qurilish Ch.i va boshqa Geo metrik Ch.da chizmachilik asboblari, chizmalarni rasmiylashtirish, geometrik yasashlar, tutashmalar va egri chiziklar oʻrganiladi. P royeksion Ch.da nuqta, toʻgʻri chiziq, tekis shakllar, geometrik jismlarning tasvirlarini yasash va ularning oʻzaro vaziyatiga oid masalalar, aksonometrik tasvirlar va boshqa koʻriladi. Mashinasozlik Ch.ida chizmalarning turlari, koʻrinishlar, qirqimlar, kesimlar, rezbalar va boshqa, qurilish Ch.ida esa bino qismlari, sanitariya texnikasi buyumlarining shartli belgilari hamda bino va inshootlarning chizmalari oʻrganiladi. Chizmalar (sxemalar, xaritalar va grafiklar)ni chizish bilan shugʻullanuvchi kishilar chizmakashlar deb ataladi. Turli sohalarning muqandislari, konstruktorlari va loyihachilari chizmakashlikni bilishlari shart.