Chizburger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kartoshka fri bilan birga tortilgan chizburger.

Chizburger (inglizcha: cheeseburger; cheese — „pishloq“) pishloq qoʻshiladigan hamburger turidir. Anʼanaga koʻra, pishloq boʻlagi goʻshtli kotlet ustiga qoʻyiladi. Pishloq odatda hamburger kotleti ustiga biroz avval qoʻshiladi, bu esa uning erishiga imkon beradi. Shuningdek, chizburgerni unga salat latuki, pomidor, piyoz, tuzlangan bodringlar, bekon, mayonez, ketchup va xantal kabilar qoʻshib isteʼmol qilish ham mumkin.

Fastfood restoranlarida chizburgerlarga qoʻshiladigan pishloq odatda yumshoq pishloq hisoblanadi. Chizburger sotiladigan mashhur restoranlar qatoriga McDonald's, Burger King, Wendy's va hokazolarni kiritish mumkin.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Wayback Machine saytida 12-aprel 2003-yil sanasida arxivlangan)