Chiyal yaxnasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yaxnachi yaxnasi bilan

Chiyal yaxnasi — yangi soʻyilgan yosh va semiz qoʻyning goʻshtidan tayyorlanadi va Chiyallik va chiroqchilarning faxri hisoblanadi.

90-yillarning yarmigacha bu taomning tayyorlanishi sir saqlangan. Bu taomni tatib koʻrish ishtiyoqida boʻlsangiz, bozor kuni «Payshami» bozoriga kelishingiz kerak boʻlgan.

Faqat goʻshtdan iborat boʻlgan bu taom oʻzining yogʻliligi bilan balki gʻarbliklarni shok qilishi mumkin. Lekin, tandirdan endi uzilgan non bilan birga tanovul qilsangiz, nega odamlar bu taom uchun shuncha yoʻl bosib kelishlarini anglab yetasiz.

90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab bu taom avval Chiroqchi shahrida, keyinchalik Qarshidagi baʼzi choyxonalarda paydo boʻldi. Agar yoʻlingiz bu shaharlarning birontasiga tushsa, shu taomdan tatib koʻrmasdan ketmang.

Mavzuga oid bog`lamalar[tahrir]