Chip va Dale: Qutqaruvchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chip va Dale: Qutqaruvchilar
Janri
Muallif(lar)
Qaysi asarga asoslangan Chip 'n' Dale
Bill Justice
Ovoz berganlar
Tematik musiqa bastakori Mark Mueller
Bastakor(lar) Glen Daum
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Mavsumlar soni 3
Qismlar soni 65
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar)
  • Tad Stones
  • Alan Zaslove
Qism davomiyligi 22 daqiqa
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal
Tasvir formati NTSC
Ovoz formati
  • Stereo
  • Mono (some episodes)
Translyatsiya davri 4-mart, 1989-yil(1989-03-04) — 19-noyabr, 1990-yil(1990-11-19)
Tarixi
Keyingi qism Chip 'n' Dale: Park Life

Chip va Dale: Qutqaruvchilar (inglizcha: Chip 'n Dale: Rescue Rangers) Disney Television Animation (sobiq Walt Disney Television Animation) mahsuloti boʻlgan sarguzasht va komedik janrdagi Amerika animatsion teleserialidir.[1] Tad Stones va Alan Zaslove tomonidan yaratilmish bu multserial Disneyning Chip va Dale personajlarini yangicha versiyasini oʻz ichiga oldi. Multerial ilk marotaba 1989-yil 4-martda Disney Channel telekanali orqali efirga uzatildi.[2] Yakuniy qism esa 1990-yil 19-noyabrda efirga uzatildi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chip va Dale, doʻstlari boʻlmish Gadget Hackwrench, Monterey Jack va Zipper bilan birgalikda Qutqaruvchilar nomli izquvarlik agentligini ochishadi.[3] Jamoa koʻpincha quyidagi ikki yovuzga qarshilik koʻrsatadi: mafiyasimon kulrang tusdagi xomsemiz mushuk hamda aqldan ozgan olim Norton Nimnul.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chip (Tress MacNeille)[4] — Qutqaruvchilar jamoasi yoʻlboshchisi.[4] Indiana Jonesga oʻxshab, fedora shlyapa va bomber kurtka kiyadi hamda baland joylarga chiqish yoki uzoq masofalarni qisqartirish uchun tez-tez arqondan foydalanadi.[5] Chip ulgʻaygan va oʻta odobli, shu sababdan doʻstlari uni baʼzan qanday zavqlanishni bilmaslikda ayblashadi. U aqidaparast boʻlishi mumkin va koʻpincha Dale bilan uning xira yondashuviortidan tortishib qoladi. Biroq, Chip Dalega qaygʻuradi. Ayrim paytlarda, oʻziga erk beradi va Dale bilan birga shoʻxlik qiladi. U ham, Dale ham Gadgetni yoqtirishadi.
  • Dale (Corey Burton)[4] Qutqaruvchilar jamoasi hamasoschisi. U Magnum, P.I. filmidagi Thomas Magnumga oʻxshab qizil va sariq rangli gavayi koʻylagini kiyib yuradi. Ishga ishtiyoqi baland boʻlsa-da, u erkin ruhli, baʼzan oʻzini yosh bolalardek tutadigam va ish qilishdan avval oʻylab koʻrmaydigan burunduq. U boʻsh vaqtini komikslar oʻqish va videooʻyinlar oʻynashga sarflaydi. Dale Monterey Jackdagi „pishloq huruji“ga oʻxshash „shokolad huruji“ga sohibdir, yaʼni shokoladni koʻrsa, oʻzini idora eta olmaydi (qizigʻi, Monty Dalening shirinlik ustidan oʻzini idora eta olmasligini jirkanchli deb hisoblaydi).[4] U tez-tez ahmoqona gap aytganida yoki qilganida Chip uning boshiga uradi yoki haqorat qiladi, biroq shunga qaramay, Dale Chipga qattiq qaygʻuradi va undan hech qachon ranjimaydi. Dale asosan doʻstona va tez kirishib ketadigan xarakterga ega, garchi vaziyat talab etsa, jiddiy boʻladi. Dale ajoyib ijodkorlik qobiliyatiga ega hamdir, chunki u „Double O Chipmunk“ epizodida sevimli film qahramonlaridan biri asosida bir necha soat ichida, texnikadan xabardor boʻlmasdan turib, bir nechta gadjetlar yaratadi.
  • Monterey Jack (Peter Cullen va Jim Cummings), doʻstlari orasida „Monty“ oʻlaroq maʼlum boʻlgan sarguzashtsevar, qizil sochli va jimjimador moʻylovli avstraliyalik sichqondir, u ilgari, guruhga qoʻshilmagunga qadar. jahon boʻylab yillar davomida sayohat qilgan. Xomsemiz mushuk uyini buzganidan soʻng, Monty va uning yordamchisi Zipper guruhga qoʻshilishga qaror qilishdi. Boshqalariga qaraganda kuchli va yirikroqdir. Monty, doʻstlarini kimdir xafa qilgudek boʻlsa, tezda gʻazablanadi. Bu xislat unga jiddiy raqiblar bilan kurashda qoʻl keladi.[4] Monty pishloqni koʻrsa yoki hidini sezgudek boʻlsa, darhol moʻylovi buralib, gipnoz holatiga tushib qoladi, oʻzini idora eta olmay qoladi. Monty boshdan kechirgan sayohatlari haqidagi hikoyalarni soʻzlab berishni xush koʻradi.[4] Monterey Jack ota-onasi (Cheddarhead Charlie va Camembert Kate, ular ham sayohatchilar) borligi maʼlum boʻlgan yagona Qutqaruvchilar jamoasi aʼzosidir.
  • Gadget Hackwrench (Tress MacNeille)[4] — jamoaning ham uchuvchisi, ham mexanigi, ham ixtirochisi boʻlgan, koʻk rangli himoya koʻzoynaklari taqib uradigan va binafsha rangli kombinezon kiygan oq-sariq sochli yosh urgʻochi sichqon. Monterey Jackning yaqin oshnasi boʻlgan marhum ixtirochi va uchuvchi Geegaw Hackwrenchning qizi. U Chip va Daleni ilk bor Monty ularni Geegawning yoniga, uchoq olish uchun kelganida koʻrgan (kelishganida, Geegaw vafot etgan boʻladi). Shu tariqa, u jamoaga qoʻshiladi.[6] Har safar biror narsadan hayratda qolganda „Golly“ deydigan bu sichqon tez harakat qiladi, oʻylaydi va gapiradi, ayrim paytlarda boshqalarni esankiratib qoʻyadi.[4] Qutqaruvchilar uchun uchoq qurish va unga texnik xizmat koʻrsatishdan tashqari, Gadget jamoa tomonidan qoʻllaniladigan turli xil texnologik qurilmalar uchun maʼsuldir va muntazam ravishda jamoa foydalanishi uchun yangi texno-gadjetlar va asboblarni ixtiro qiladi.[4]
  • Zipper (Burton)[6] — koʻkish yashil tusdagi jajji pashsha va Monterey Jackning uzoq yillik doʻsti va yordamchisi.[6] Jajji jussasi va ucha olish qobiliyati bilan Zipper koʻpincha Qutqaruvchilarning qolgan qismi qila olmaydigan kichik ishlarni bajaradi. U faqat Monty va boshqa hasharotlar tushunishi mumkin boʻlgan tushunarsiz tovush bilan vizillaydi, garchi keyingi epizodlarda u aniqroq gapiradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Perlmutter, David. The Encyclopedia of American Animated Television Shows. Rowman & Littlefield, 2018 — 123 bet. ISBN 978-1538103739. 
  2. Disney A to Z: The updated official Encyclopedia, Dave Smith p 101
  3. Erickson, Hal. Television Cartoon Shows: An Illustrated Encyclopedia, 1949 Through 2003, 2nd, McFarland & Co, 2005 — 201–202 bet. ISBN 978-1476665993. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 Grant, John „Part II: The Television Series“,. Encyclopedia of Walt Disney's Animated Characters: From Mickey Mouse to Hercules, 3rd, New York City: Hyperion [1987], 29-aprel 1998-yil. ISBN 978-0-7868-6336-5. OCLC 37432909. 
  5. Strike. „The Tad Stones Interview, page 4“. Animation World Magazine (12-iyul 2004-yil).
  6. 6,0 6,1 6,2 „To the Rescue“. Chip 'n Dale: Rescue Rangers. Season 2. Episode 14–18. 9–sentabr 1989–yil.{{cite episode}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]