Chinni tarvuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chinni tarvuz - oʻrta ertapi shar mahalliy tarvuz navi. Palagi, yon shoxlari oʻrtacha, barglari siyrakroq, konussimon, biroz mayin tukli. Meva shakli sharsimon, tuyey och yashil, oʻrtacha kattalikda. Poʻsti qattiq. Meva yuzasi silliq, yuzasi boʻylab toʻq yashil Chinni tarvuz.rangli tasmachalar birbiriga ulanib uyachalar shaklini beradi. Etining rangi och qizil, sersuv, shirali, tolali. Tarkibida 6,5% quruq modda va 6,5% qand bor. Hosili 70—75 kunda pishadi. Hosildorligi 320—340 s/ga.

1956-yildan davlat reyestriga kiritilgan. Uzbekistonning (Samarkand viloyatidan boshqa) barcha viloyatlarida ekiladi.