Chiltoʻgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chilto`g`ondan yoʻnaltirildi)

Chiltoʻgʻon (aslida nomi Chilchoʻptoʻgʻon, yaʼni Chilpoya — yogʻochdan yasalgan qirq oyok^i toʻgʻon) — qad. gidrotexnika moslamasining maxsus turi. "Chorpoya — toʻrt oyoq", "sepoya — uch oyoq" turlari ham boʻlib, daryo, soy va kanal (shohariq) sohillarini mustahkamlash, toʻgʻon yoki suvayirgʻichlar barpo etishda foydalanilgan. Chilpoya toʻsinga ayri shaklida yogʻochda qator qirqta oyoq oʻrnatilib yasalgan.

CH. — chilpoyali chilchoʻptoʻgʻon Toshkent shahrining asosiy suv manbai Kaykovus kanali. ustiga oʻrta asrlarda qurilgan. Sebzor va Koʻkcha daha yerlarini suv bilan taʼminlovchi suvayirgʻich — bosh toʻgʻon hisoblangan. Hozirgi Ch. oʻrnida Taxtapul suv taqsimlovchi gidrotexnika inshooti barpo etilgan.