Kontent qismiga oʻtish

Children of Men

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Children of Men

Filmning kinoteatrlar uchun namoyish posteri
Rejissyor(lar) Alfonso Cuarón
Prodyuser(lar)
Ssenariy
muallif(lar)i
Qaysi asarga
asoslangan
The Children of Men
Phyllis Dorothy James
Rollarda
Bastakor(lar) John Tavener
Operator(lar) Emmanuel Lubezki
Montajyor(lar)
Studiya
Distribyutor
Premyera
sanasi
Davomiylik 109 daqiqa [2]
Mamlakatlar
  • Buyuk Britaniya
  • AQSh
  • Yaponiya[3]
Til Ingliz tili
Byudjet $76 million[1]
Daromad $70.5 million[1]

Children of Men – 2006-yilda ekranlarga chiqqan, rejissyor Alfonso Cuarón tomonidan suratga olingan va hammualliflikda yozilgan distopik triller janridagi jangovar film[4][5][6][7]. Phyllis Dorothy Jamesning 1992-yilgi „Children of Men“ romani asosida yaratilgan film ssenariysi besh nafar muallif tomonidan yozilgan bo‘lib, unga Clive Owen ham (garchi ismi qayd etilmagan boʻlsa ham) o‘z hissasini qo‘shgan. Film voqealari 2027-yilda, insoniyatning bepushtlik girdobida qolishi oqibatida butun sivilizatsiya tanazzul yoqasiga kelib qolgan davrda bo‘lib o‘tadi. Boshpana izlab yurgan qochqinlar Buyuk Britaniyadan najot izlaydilar, biroq hukumat ularni hibsga olish va deportatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Owen ushbu filmda davlat xizmatchisi Theo Faron rolini ijro etadi. U qochqin ayol Kee (Clare-Hope Ashitey)ga yuzaga kelgan tartibsizliklardan omon chiqishga yordam berishga harakat qiladi. Bundan tashqari, filmda Julianne Moore, Chiwetel Ejiofor, Pam Ferris, Charlie Hunnam va Michael Caine kabi aktyorlar suratga tushgan.

Film Universal Pictures tomonidan 2006-yil 22-sentyabrda Buyuk Britaniyada, 25-dekabrda esa AQShda namoyish qilingan. Namoyishlar ko‘lami cheklangani va distribyutor tomonidan mukofotlar mavsumida aniq marketing strategiyasi olib borilmaganiga qaramay, „Children of Men“ tanqidchilar tomonidan yuqori baholanadi[8][9][10]. Film ssenariysi, operatorlik ishi, badiiy muharrirlik ishi hamda innovatsion, bir kadr bilan uzluksiz suratga olingan jangovar sahnalari bilan alohida e’tirof etiladi. Kino kassalarida kutilgan natijani bermagan bo‘lsa-da, film uchta yo‘nalishda, Eng yaxshi sahnalashtirilgan ssenariy, Eng yaxshi operatorlik ishi va Eng yaxshi montaj ishi nominatsiyalari boʻyicha Oskar mukofotiga nomzod bo‘lgan. Shuningdek, uchta nominatsiya boʻyicha BAFTA mukofotiga ham nomzod bo‘lib, Eng yaxshi operatorlik ishi va Eng yaxshi postanovkachi-rassom ishi yo‘nalishlarida g‘olib chiqqan. Eng yaxshi ilmiy-fantastik film nominatsiyasi boʻyicha Saturn mukofotiga loyiq deb topilgan.

Film uzoq vaqt davomida o‘z nufuzini saqlab qoldi va muntazam ravishda eng yaxshi distopik asarlardan biri sifatida e’tirof etib kelinadi[11]. Film koʻpincha 2000-yillar[12] va XXI asrning eng yaxshi filmlari qatorida tilga olinadi[13]. Butun dunyo kinotanqidchilari orasida o‘tkazilgan BBC so‘rovnomasida film 2000–2016-yillar oralig‘idagi eng yaxshi filmlar ro‘yxatida 13-o‘rinni egallagan.

2027-yilda insoniyatning butunlay bepushtlikka duchor bo‘lishi urushlar va global tushkunlikka olib keladi. Inson zoti qirilib ketish xavfi ostida qolar ekan, sivilizatsiya tanazzul yoqasiga kelib qoladi.

  1. 1 2 3 „Children of Men (2006)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2014-yil 6-aprel.
  2. CHILDREN OF MEN (15)“. Universal Studios. British Board of Film Classification (2006-yil 15-sentyabr). 2014-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-may.
  3. „Children of Men (2006)“. British Film Institute. 2016-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
  4. „Children of Men (2006) - Alfonso Cuarón“. AllMovie.
  5. „AFI Catalog - Children of Men“. American Film Institute.
  6. Bradshaw, Peter „Children of Men review – explosively violent future-nightmare thriller“. The Guardian (2006-yil 22-sentyabr). 2023-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.
  7. „Children of Men“. George Eastman Museum. 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-sentyabr.
  8. Hoberman, J.. „Don't Believe the (Lack of) Hype“ (2006-yil 12-dekabr). 2018-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  9. Dalton, Stephen „Children of Men: Why Alfonso Cuarón's anti-Blade Runner looks more relevant than ever“. BFI.org.uk (2019-yil 18-fevral). Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  10. Riesman, Abraham. „Future Shock“ (2016-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 17-sentyabr.
  11. Jackson, Josh; and Paste Staff „The 50 Best Dystopian Movies of All Time“ (en-US). Paste. Paste Media Group (2025-yil 25-may). 2026-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-fevral.
  12. „The Best 100 Films of the 2000's [sic] (en-US). Films Fatale (2020-yil 6-aprel). Qaraldi: 2026-yil 18-fevral.
  13. „The 21st Century's 100 greatest films“ (en). www.bbc.com. Qaraldi: 2026-yil 18-fevral.