Chikago universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chikago Universitetidan yoʻnaltirildi)
Chikago universiteti
Asos solingan 1857-yil

Koordinatalari: 41°47′22.999999999188″N 87°35′58.999999999196″W / 41.78972222222199662°N 87.59972222222199889°W / 41.78972222222199662; -87.59972222222199889 G O

Chikago universiteti AQShning yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1857-yil tashkil etilgan (1886—89-yillarda ishlamagan, J.D.Rokfellerning moliyaviy yordami tufayli 1890-yil faoliyatini tiklagan, doimiy mashgʻulotlar 1892-yildan boshlangan). 19-asr oxirida xotinqizlarga taʼlim olish huquqini bergan AQShdagi dastlabki universitetlardan biri. 20-asr 1yarmidan yirik ilmiy markaz. 1942-yil bu yerda E.Farmi rahbarligida birinchi marta zanjirli yadro reaksiyasi amalga oshirilgan. universitet biol., gumanitar fanlar, fizika, tijorat, kutubxonachilik, tibbiyot, ped., huquq va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1892-yil tashkil etilgan)da 3,5 millionga yaqin asar saqlanadi. universitetda 6 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]