Chigʻatoy Tohir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chig`atoy Tohirdan yoʻnaltirildi)

Chigʻatoy Tohir (Tohir Shokurzoda) (1902, Toshkent — 1984.27.6, Turkiyaning Bursa shahri) — faylasuf. Toshkentdagi eski maktabda, keyin yangi usul va rus tuzem maktablarida bilim oldi. Soʻng Ufadagi "madrasai oliya"da, Boku (1915—17)da tahsil koʻrdi. 1922-yil Germaniyaga borib, Xaydelberg universitetida falsafa, sotsiologiya va iqtisodiyot fanlari bilan shugʻullandi. Shu universitetning falsafa ftida "Turkiston iktisodiyoti" mavzusida drlik dissertatsiyasini himoya qildi (1931). Ch. 192939-yillarda Berlinda chiqadigan "Yosh Turkiston" jurnali masʼul kotibi va xodimi. 1939-yildan umrining oxirigacha Turkiyada yashadi. Anqara universiteti dotsenti va professor (1953—62), ijtimoiy fanlar boʻlimi mudiri (1971-yilgacha). Ch.ning "Qizil imperializm" (Istanbul, 1958—62), "Turkistonda turkiylik va xalqchilik" (Istanbul, 1951, 1954, 1967, 1969), "Turkistonda milliy ozodlik harakatidan lavhalar" (1959) kabi kitoblari nashr etilgan.

Sherali Turdiyev.