Chafpak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chig'rakdan yoʻnaltirildi)

Chafpak, chigʻrogʻ, chigʻrak — turkiy etnik guruh. Bobur Ch.lar haqida shunday yozgan: "Andijon viloyatining sahronishinlaridan biri chagʻrak eldir, qalin eldur. Besholti ming uyluq el bordur. Fargʻona bilan Qashqar orasidagi togʻda boʻlurlar. Otlari koʻp va qoʻylari qalindur". Ch.larning baʼzi guruxlari qipchoqlar bilan birga 11-asrning 1yarmidayoq Xorazmning siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Taxmin qilinishicha, Ch.lar qipchoq qabilalaridan biri boʻlib, 11 — 11-asrlarda Fargʻona vodiysining togʻli hududlariga kelib oʻrnashib qolgan.