Kontent qismiga oʻtish

Chido Obi-Martin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chido Obi-Martin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Chidozie Obi-Martin[1]
Tavallud sanasi 2007-yil 29-noyabr (2007-11-29) (18 yosh)
Tavallud joyi Glostrup, Daniya[1]
Boʻyi 1.88 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 56
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
KB
2022–2024 Arsenal
2024– Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2025– Manchester United 2 (0)
Milliy terma jamoa
2022–2023 Angliya U16 2 (0)
2022–2023 Daniya U16 8 (4)
2023–2024 Daniya U17 19 (12)
2024– Daniya U18 4 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 22-fevral uchun)

Chidozie Obi-MartinAngliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi va Daniya milliy futbol terma jamoasi hujumchisi.

Obi-Martin Kopengagen shahrida kelib chiqishi Nigeriyaning Igbo millatiga mansub shaxslar oilasida tugʻilgan[2].

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obi-Martin faoliyatini Daniyadagi mahalliy KB jamoasida boshlagan. U bolaligida Angliyaga koʻchib oʻtgan va 14 yoshida Arsenal akademiyasiga qoʻshilgan[3][4]. U klubning yoshlar jamoalari orqali oʻtib oʻzini sermahsul toʻpurar sifatida koʻrsatgan va 15 yoshida 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga koʻtarilgan. 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasidagi ilk startida u 2023-yilning 23-sentabr kuni Southamptonga qarshi oʻyinda (4:0) xet-trik qayd etgan. Daniya OAVlari uni nigeriyalik futbolchi Viktor Osimhen bilan solishtirishni boshlagan[5].

Keyingi oyda Obi-Martin hali 15 yosh boʻla turib klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasida debyut qilgan[6]. Uning Arsenaldagi tez koʻtarilishi 2023-yil noyabr oyi boshida yana davom etgan u asosiy jamoaning menejeri Mikel Arteta tomonidan kattalar jamoasidagi mashgʻulotlarga ham jalb etilgan[7]. Obi-Martin 2023-yil 18-noyabrda xalqaro miqyosda shuhrat qozongan, chunki u Arsenalning 16 yoshgacha boʻlgan jamoasi safida Liverpoolni 14:3 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyinda 10 ta gol urgan[8][9][10]. 2024-yil 27-aprelda Obi-Martin yana bir bor jurnalistlarning eʼtiborini tortgan. U Norwich Cityga qarshi oʻyinda (9:0) 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Bu bilan u Arsenalning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasidagi soʻnggi 7 oʻyinida 24 ta gol urgan[11]. 2024-yil 29-iyulda Obi-Martin oʻzining Instagram sahifasida Arsenalni tark etganini eʼlon qilgan[12].

Manchester United

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil yozida Obi-Martin Premyer-liganing yana bir jamoasi - Manchester Unitedga oʻtishi bilan bogʻliq mish-mishlar tarqalgan va transfer sentabr oyi oxirida yakunlangan[13][14]. Keyingi oyda The Guardian nashri uni 2007-yilda tugʻilgan dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri deb e'tirof etgan[15]. Manchester United akademiyasi safidagi ilk oʻyinida Obi-Martin Nottingham Forestga qarshi oʻyinda (6:0) xet-trik qayd etgan[16].

Obi-Martin 2025-yil 16-fevralda birinchi marta asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan. Tottenhamga qarshi oʻyinda (1:0) 90-daqiqada Casemiro oʻrniga maydonga tushgan va oʻz debyutini amalga oshirgan[17][18].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obi-Martin Daniya, Nigeriya va Angliya terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega. U 2022-yil oxirida Daniyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida 5 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik 2023-yil fevralida Angliya terma jamoasiga oʻtgan va 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safida 2 ta oʻyin oʻtkazgan[19]. Biroq, 2023-yil aprel oyida u yana Daniyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga qaytgan va 3 ta oʻyinda 2 ta gol urgan. Uning sermahsul toʻpurarlik formasi uni Daniyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilishiga sabab boʻlgan. U 2024-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichida dastlabki 3 ta oʻyinda 2 ta gol urgan[20].

2025-yil 22-fevral holatiga koʼra
Jamoa Mavsum Liga Angliya kubogi Angliya liga kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
DivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Manchester United 2024–2025 Angliya Premyer-ligasi 200000000020
Umumiy 200000000020
  • UEFA 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining turnir ramziy jamoasi: 2024[21]
  1. 1 2 3 Chido Obi-Martin WorldFootball.net saytida
  2. „Chido Obi-Martin: Who be di Nigerian Arsenal 'wonderkid' wey dey linked to Manchester United?“. BBC News Pidgin (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2025-yil 16-fevral.
  3. Stoltze, Maya „Britiske storklubber jagtede Danske Chido“ [Big British clubs chased Danish Chido] (da). Ekstra Bladet (2022-yil 17-aprel). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  4. Jensen, Kenneth „Var med engelsk U-landshold: Nu vælger han Danmark“ [Was with the English U-national team: Now he chooses Denmark] (da). tipsbladet.dk (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  5. Fuhr Nielsen, Mikkel „Purung dansker går målamok i stor Arsenal-sejr“ [Young Dane goes on a scoring spree in big Arsenal win] (da). tipsbladet.dk (2023-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  6. Bendix Søgaard, Malthe „15-årig Arsenal-dansker fik debut for storklubbens U21-hold“ [15-year-old Arsenal Dane made his debut for the big club's U21 team] (da). campo.dk (2023-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  7. „Arsenal call up 15-year-old wonderkid to first-team training“. metro.co.uk (2023-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  8. Stafford-Bloor, Sebastian „Chido Obi-Martin: Arsenal's 15-year-old who scored 10 against Liverpool Under-16s“. theathletic.com (2023-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  9. „Chido Obi-Martin: Arsenal youth player scores 10 goals for U16 side in 14-3 thrashing of Liverpool“. skysports.com (2023-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  10. Doyle, Joe „Who is Chido Obi-Martin? The Arsenal wonderkid who scored 10 goals against Liverpool“. football.london (2023-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  11. „Arsenal teen sensation Chido Obi Martin, 16, scores seven to continue stunning form“. telegraph.co.uk (2024-yil 27-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  12. „Confirmed: Arsenal Youngster Announces Exit with Man United Heavily Interested“. OneFootball (2024-yil 30-iyul).
  13. „Chido Obi-Martin confirms Man United transfer from Arsenal“. espn.co.uk (2024-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  14. Railston, Steven „Manchester United make decision on Chido Obi-Martin after wonderkid's transfer from Arsenal“. Manchester Evening News (2024-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  15. Christenson, Marcus; Bloor, Steven; Blight, Garry „Next Generation 2024: 60 of the best young talents in world football“. theguardian.com (2024-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-oktyabr.
  16. „U18s: United v Nottingham Forest“. Manchester United F.C. (2024-yil 27-oktyabr).
  17. Tottenham Hotspur vs Manchester United. ManUtd.com. 16 February 2025. Retrieved 16 February 2025.
  18. Aarons, Ed „Spurs 1–0 Man Utd: Tottenham hold off Manchester United as Maddison return boosts Postecoglou“. The Guardian (2025-yil 16-fevral). Qaraldi: 2025-yil 16-fevral.
  19. Kraglund, Christian „England hapser 15-årig dansk angriber for næsen af DBU“ [England grabs 15-year-old Danish striker from DBU] (da). sport.tv2.dk (2023-yil 18-fevral). Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  20. Arvad Christensen, Rasmus „Fremtidig landsholdsstjerne? Stort dansk Arsenal-talent med to nye scoringer“ [Future national team star? Great Danish Arsenal talent with two new scores] (da). indkast.dk (2023-yil 19-oktyabr). 2024-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  21. „2024 UEFA European Under-17 Championship Team of the Tournament“. UEFA.com (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.