Chibirdon ota

Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali maqbarasi kompleksi — Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Ushbu majmua ikki asosiy maqbaradan — Shoh Abdurahmon Vali va Chibirdon ota maqbaralaridan iborat boʻlib, har ikkisi oʻz davrining yodgorlik meʼmoriy uslublarini oʻzida mujassam etgan.
Shoh Abdurahmon Vali maqbarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoh Abdurahmon Vali maqbarasi baland qum tepaligi ustida barpo qilingan boʻlib, ikki qismdan iborat: yer ostidagi goʻrxona va uning ustki qismida qurilgan yagona gumbazli ziyoratgoh.
Sakkiz burchakli maqbara XI asr boshlarida qurilgan. Uning meʼmoriy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- Somoniylar davriga xos kvadrat pishiq gʻishtlar ishlatilgan.
- Peshtoq sal balandroq va ogʻirroq qilib qurilgan.
- Har tomoni 2,65 metrli sakkiz tomonli kompozitsiyaga ega.
- Gumbaz diametri 6,4 metr boʻlib, markazidagi 1,4 metrlik tuynuk yoritishga xizmat qilgan.
- Ichki qism uchta panjara (tobodoni) orqali yoritilgan.
- Panjaralar terrakotadan ishlangan.
- Devorining pastki tashqi tomoni 2 metr balandlikda kvadrat gʻishtlardan 9 qator qilib tashqariga qaratib terilgan — bu uslub IX–X asrlarga xos.
Chibirdon ota maqbarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chibirdon ota (yoki Shirburdon ota) maqbarasi Sohibqiron Amir Temur davrida, XIV–XV asrlarda qurilgan. Ushbu yodgorlik chorvadorlar piri, avliyo Shirburdon ota sharafiga bagʻishlangan.
Majmua quyidagi qismlardan iborat:
- Xonaqoh
- Chillaxona
- Goʻrxona
Meʼmoriy xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Peshtoq qismi sharq tomonda joylashgan sakkiz burchakli maqbaraga qaratilgan.
- Peshtoq tepasida 5 ta qavoqcha va ikki burchagida minorasimon guldastalar mavjud.
- Xonaqoh — diametri 10 metr keladigan sferik gumbaz bilan yopilgan.
- Goʻrxona va chillaxona — diametri 4 metrli past gumbazlar bilan yopilgan.
- Dastlab 4 ta eshik boʻlgan. Shimoliy va janubiy eshiklar simmetrik, gʻarbda esa ikkita bir xil oʻlchamli eshiklar joylashgan.
- Poydevor tarkibi: qum → loy → kvadrat gʻisht → qamish → gʻisht.
Qazilma topilmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1428–1429-yillarda Buxoroda zarb qilingan tangalar topilgan.
- Meʼmoriy jihatdan Sayfiddin Boharziy maqbarasiga oʻxshash, ammo peshtoqi pastroq boʻlgani XIV asr II yarmida qurilganidan darak beradi.
Tadqiqotlar va muhofaza
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Majmua 1951-yilda taniqli qadimshunos olim Yahyo Gʻulomov boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan aniqlangan.
Davlat muhofazasi hujjatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1978-yil 30-noyabr — OʻzSSR Xalq deputatlari Buxoro viloyati ijroqo‘mning 122 p 716-sonli qarori bilan davlat muhofazasiga olingan.
- 2008-yil 30-oktabr — Buxoro viloyati hokimining 204-sonli qaroriga binoan madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
- 2019-yil 4-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qaroriga asosan milliy roʻyxatga kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori
- Buxoro viloyati hokimining 2008-yil 30-oktabrdagi 204-sonli qarori
- OʻzSSR Xalq deputatlari Buxoro viloyati ijroqo‘mning 1978-yil 30-noyabrdagi qarori
- Gʻulomov, Yahyo. *Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari*. — Toshkent, 1955.