Chexiya Respublikasi futbol assotsiatsiyasi
| UEFA | |
|---|---|
|
| |
| Qisqa nomi | FAČR |
| Shtab-kvartirasi | Praga |
| FIFA ga aʼzo boʻlgan sana |
|
| UEFA ga aʼzo boʻlgan sana |
1954 |
| Prezident | David Trunda |
| Vebsayt | facr.fotbal.cz |
Chexiya Respublikasi futbol assotsiatsiyasi (chex Fotbalová asociace České republiky; FAČR) yoki Chexiya futbol assotsiatsiyasi – mamlakatdagi futbol ishlarini tartibga soluvchi bosh tashkilot boʻlib, Praga shahrida joylashgan. Assotsiatsiya mamlakatdagi pastki darajadagi futbol ligalari hamda Chexiya Kubogini tashkil etadi. Biroq professional darajadagi Chexiya Birinchi Ligasi va Ikkinchi Ligasi mustaqil ravishda tashkil etiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkilotning birinchi „ajdod“i 1901-yil 19-oktabrda Avstriya-Vengriya tarkibidagi Bogemiya Qirolligida Bogemiya futbol uyushmasi nomi bilan tashkil etilgan. 1922-yildan 1993-yilgacha, Chexoslovakiya mavjud boʻlgan davrda, ushbu assotsiatsiya Chexoslovakiya futbol assotsiatsiyasi (chex Československá asociace fotbalová; ČSAF) nomi ostida faoliyat yuritgan va Chexoslovakiya milliy futbol terma jamoasini boshqargan. Chexoslovakiya parchalanishidan soʻng, bu tashkilot Chex-Moraviya futbol federatsiyasi (chex Českomoravský fotbalový svaz; ČMFS) nomini oldi va bu nom 2011-yil iyungacha amal qilgan[1].
2017-yil 3-may kuni Chexiya politsiyasi Chexiya futbol assotsiatsiyasi shtab-kvartirasi va boshqa muassasalarga 2017-yil uchun Taʼlim vazirligi tomonidan ajratilgan davlat subsidiyalarining qayta taqsimlanishi bilan bogʻliq holda reyd oʻtkazdi. Shu voqea davomida assotsiatsiya prezidenti Miroslav Pelta hibsga olindi[2]. 2020-yil 16-oktabrda assotsiatsiya shtab-kvartirasida yana bir reyd amalga oshirildi va 20 kishi, jumladan prezident oʻrinbosari Roman Berbr ham qoʻlga olindi[3].
2021-yildan Petr Fousek Chexiya futbol assotsiatsiyasining prezidenti lavozimida ishlaydi. U 2021-yil 3-iyunda boʻlib oʻtgan 23-umumiy yigʻilishda Karel Poborský ustidan 15 ovoz farqi bilan gʻalaba qozonib saylangan[4].
2025-yil 29-may kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishda saylangan David Trunda Chexiya Futbol Assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda[5].
Prezidentlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| № | Prezident | Davr |
|---|---|---|
| Bogemiya–Moraviya futbol federatsiyasi | ||
| 1. | František Chvalovský | 1993–2001 |
| 2. | Jan Obst | 2001–2005 |
| 3. | Pavel Mokrý | 2005–2009 |
| 4. | Ivan Hašek | 2009–2011 |
| Chexiya Respublikasi futbol assotsiatsiyasi | ||
| 5. | Miroslav Pelta | 2011–2017 |
| 6. | Martin Malík | 2017–2021 |
| 7. | Petr Fousek | 2021–2025 |
| 8. | David Trunda | 2025–hozir |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Český fotbal nyní řídí Fotbalová asociace ČR“ (cs). ČT Sport. Czech Television (2011-yil 26-iyun).
- ↑ „Policie spustila razii kvůli sportovním dotacím. Zadržen Jansta, Pelta i Březina“ (cs). ČT24. Czech Television (2017-yil 3-may).
- ↑ Nohl, Radek; Mádl, Luděk; Koutník, Ondřej „Policejní zásah v českém fotbale, obviněn Berbr a 19 dalších osob“ (cs). Seznam Zprávy. Seznam.cz (2020-yil 16-oktyabr).
- ↑ Mádl, Luděk „Fotbalovým předsedou je Fousek, se spojenci má ve vedení většinu“ (cs). Seznam Zprávy. Seznam.cz (2021-yil 3-iyun).
- ↑ Martinovský, Jakub „David Trunda se stal novým šéfem FAČR. Volby byly jednoznačnou záležitostí“ (cs). TV Nova (2025-yil 29-may).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (chexcha)
- Chexiya Respublikasi FIFA vebsaytida (arxivlangan)