Algimantas Chetkauskas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chetkauskas Algimantas Povilasdan yoʻnaltirildi)

Algimantas Povilas Chetkauskas (1931.24.4, Kaunas) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Kaunas badiiy oʻquv yurtini (rangtasvir boʻlimi boʻyicha) tugatgan (1950). 1956-yildan Oʻzbekistonda. 1958-yildan "Rassom" kombinatida loyihalovchi rassom. "Jangovar kalam" nashri tashkilotchilaridan. Ch. karikatura, plakat janrlarida, jurnal bezagi sohasida yjod qiladi, bezovchi rassom sifatida bezash sanʼati rivojiga hissa qoʻshdi; koʻp yillar davomida Toshkent shahri va uning markazi (Mustakillik maydoni)ni bayramona bezashga rahbarlik qildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil