Chernovsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chernovsi (1944 yilgacha Chernovitsi) — Ukrainaning Chernovsi viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Karpat togʻlari etagida, Prut daryosi sohilida. Chernovsi va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 240,6 ming kishi (2001).

CH. Kiyev Rusi tarkibiga kirgan qad. shaharlardan. Shahar 1408 yildan maʼlum. U teztez qoʻddan qoʻlga oʻtib turgan. Avval AvstriyaVengriya, keyin Ruminiyaga qaram boʻlgan. 1940 yilda Shim. Bukovina tarkibida USSRga qoʻshilgan.

Gʻarbiy Ukrainaning yirik sanoat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: yengil (tikuvchilik, qoʻlqoptrikotaj, poyabzal, paypoq, ipgazlama korxonalari), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻmoy ktlari, shakarqand, sabzavot quritish va konserva zdlari), mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, neft sanoati apparaturalari, yengil sanoat uchun uskunalar, hisoblash texnika vositalari, elektr priborlar ishlab chiqarish), yogʻochsozlik (mebelsozlik va taxta tilish) korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. 2 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 2 teatr, filarmoniya, xalq meʼmorligi va turmushi, oʻlkashunoslik, O.Yu.Kobilyanskaya va A.Fedkovichlarning adabiymemorial muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Nikolay (17-asr), Pyatnitskaya, Klokuchkadagi Troitsa, Kalichankadagi Uspeniye yogʻoch cherkovlari (barchasi 18-asr) saqlangan.