Kontent qismiga oʻtish

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Chernogoriya sharafini xalqaro ayollar futbolida himoya qiladi. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan[1].

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilda Chernogoriya mustaqillikka erishganidan olti yil oʻtib tashkil etilgan. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyatini Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tashkil qiladi va boshqaradi[2]. Jamoa Chernogoriyada ayollar futboli boʻyicha birinchi milliy musobaqa tashkil etilganidan toʻrt yil oʻtib tashkil etilgan. Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiy Zoran Miyovich qoʻl ostida birinchi oʻyinini 2012-yilning 13-martida Barda shahrida Bosniya va Gersegovina ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan(2:3). Ikki kundan soʻng Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi birinchi durang qayd etdi(2:2)[3][4].

Chernogoriya 2013-yilning 4-aprelida 2015-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki oʻyinida Farer orollari bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Oradan ikki kun oʻtib, Chernogoriya Gruziya ayollar terma jamoasi ustidan gʻalaba qozondi (2:0).Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati (UEFA) saralash bosqichining soʻnggi bosqichiga turnirga chiqish huquqini bereadigan soʻnggi yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 2015-yilning aprel oyida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi yangi bosh murabbiy Dervis Hadziosmanovic qoʻl ostida jamoa tarixidagi eng yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi (safarda Shimoliy Makedoniya ayollar terma jamoasi ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonilgan)[5].

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Evro-2017 saralashida ishtirok etdi, biroq birorta ochko ololmadi. Chernogoriya Ispaniya ayollar terma jamoasiga qarshi saralash o‘yinida jamoa tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qayd etdi (0:13).

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yil aprel oyida Jahon chempionati saralashida ikkinchi marta ishtirok etdi. Farer orollari mezbonlik qilgan 2019-yilgi jahon chempionati saralash turnirida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bir g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bilan uchinchi o‘rinni egalladi (gollar farqi ijobiy edi (8:6)). Lekin Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmadi.

Jamoa tasviri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Gradski milliy stadionida yoki Mitar Mićo Goliš stadionida oʻtkazadi.

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi natijasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Chernogoriya ayollar terma jamoasining har bir raqib terma jamoasiga qarshi oʻyinlari roʻyxati keltirilgan[6][7][8].

Raqib jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gollar farqi
 Albaniya
6
2
1
3
12:15
 Ozarbayjon
1
1
0
0
2:0
 Belarus
2
0
0
2
2:10
 Bosniya va Gersegovina
8
1
2
5
11:16
Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
3
0
2
1
4:5
 Daniya
1
0
0
1
1:5
 Angliya
2
0
0
2
0:19
 Farer orollari
2
0
1
1
4:5
 Finlandiya
2
0
0
2
1:8
 Gruziya
1
1
0
0
2:0
 Germaniya
2
0
0
2
0:13
 Gretsiya
2
0
0
2
0:5
 Litva
1
0
1
0
1:1
Lyuksemburg
1
1
0
0
7:1
 Malta
2
1
0
1
2:2
 Shimoliy Makedoniya
3
3
0
0
19:1
 Portugaliya
2
0
0
2
1:9
 Shimoliy Irlandiya
4
0
0
4
0:19
 Rossiya
1
0
0
1
0:5
 Serbiya
1
0
0
1
0:4
 Sloveniya
2
0
0
2
0:9
 Ispaniya
2
0
0
2
0:20
 Turkiya
3
0
0
3
3:9
 Ukraina
4
0
0
4
3:16
 Uels
2
0
0
2
0:7
Jami
60
10
7
43
75:204

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozimi Ismi Man.
Bosh murabbiy Mirko Marić
Ikkinchi yordamchi murabbiy Ivan Tatar
Yordamchi murabbiy Jadranka Pavićevich
Darvozabonlar murabbiyi Fuad Osmanagich
Doktor Marinko Pauovich
Jismoniy terapevtlar Sanja Jakich
Ivana Puxonja

Bosh murabbiylar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernogoriya ayollar terma jamoasi tarixidagi birinchi bosh murabbiy Zoran Miyovic boʻlgan. U 2012-yildan 2014-yilgacha jamoani boshqargan. 2015-yil boshida Dervis Hadziosmanovic yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bosh murabbiy Murabbiylik yillari Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
ChernogoriyaZoran Mijović 2012-2015-yillar 17 1 3 13 21 70
ChernogoriyaDerviš Hadžiosmanović 2015-2017-yillar 17 4 1 12 31 67
ChernogoriyaMirko Marić 2018 — hozirgi kungacha 24 4 3 17 20 60

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 21 va 26-oktyabr kunlari Ozarbayjon va Daniya ayollar terma jamoalariga qarshi 2023-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida quyidagi futbolchilar Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Gollar va oʻyinlar statistikasi 2021-yil 26-oktabr holatiga ko‘ra berilgan.   

Poz. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
12 1DR Krstović, AnastasijaAnastasija Krstović 2003-yil 21-iyul (2003-07-21) (23 yosh) 4 0 Chernogoriya Danilovgrad
22 1DR Obradović, InesInes Obradović 1998-yil 23-mart (1998-03-23) (28 yosh) 13 0 Serbiya Red Star
1 1DR Perunović, NikolinaNikolina Perunović 2001-yil 20-dekabr (2001-12-20) (24 yosh) 0 0 Chernogoriya Mladost

2 2HM Radunović, MilicaMilica Radunović 1996-yil 9-noyabr (1996-11-09) (29 yosh) 11 0 Chernogoriya Mladost
3 2HM Popović, AleksandraAleksandra Popović 1999-yil 3-may (1999-05-03) (27 yosh) 31 0 Qozogʻiston Tomiris-Turan
4 2HM Šaranović, MajaMaja Šaranović 1999-yil 11-noyabr (1999-11-11) (26 yosh) 29 1 Chernogoriya Breznica
5 2HM Maraš, MarijaMarija Maraš 2002-yil 23-sentyabr (2002-09-23) (23 yosh) 10 0 Chernogoriya Breznica
6 2HM Bulić, AnastasijaAnastasija Bulić 2005-yil 4-aprel (2005-04-04) (21 yosh) 1 0 Chernogoriya Danilovgrad
15 2HM Božić, HelenaHelena Božić 1997-yil 14-fevral (1997-02-14) (29 yosh) 33 0 Sloveniya Pomurje
16 3YH Drešević, MajdaMajda Drešević 2002-yil 28-sentyabr (2002-09-28) (23 yosh) 0 0 Chernogoriya Danilovgrad

8 3YH Tošković, AnđelaAnđela Tošković 2004-yil 19-avgust (2004-08-19) (22 yosh) 12 2 Chernogoriya Breznica
10 3YH Karličić, JelenaJelena Karličić 2002-yil 5-oktyabr (2002-10-05) (23 yosh) 8 0 Fransiya Bordeaux
13 3YH Bečić, SvetlanaSvetlana Bečić 2002-yil 13-avgust (2002-08-13) (24 yosh) 2 0 Chernogoriya Danilovgrad
14 3YH Sarić, JelenaJelena Sarić 2002-yil 25-avgust (2002-08-25) (24 yosh) 0 0 Chernogoriya Ekonomist
17 3YH Đukić, DarijaDarija Đukić 1996-yil 11-yanvar (1996-01-11) (30 yosh) 40 1 Belarus Minsk
18 3YH Caković, NikolinaNikolina Caković 2002-yil 7-aprel (2002-04-07) (24 yosh) 0 0 Chernogoriya Budućnost
19 3YH Malesija, TanjaTanja Malesija 2004-yil 19-avgust (2004-08-19) (22 yosh) 10 1 Chernogoriya Danilovgrad
21 3YH Boričić, IvanaIvana Boričić 2005-yil 26-may (2005-05-26) (21 yosh) 3 0 Chernogoriya Budućnost
23 3YH Bošnjak, EnidaEnida Bošnjak 2002-yil 2-fevral (2002-02-02) (24 yosh) 3 0 Chernogoriya Breznica

7 4HJ Bulatović, SlađanaSlađana Bulatović (captain) 1994-yil 4-may (1994-05-04) (32 yosh) 57 17 Ispaniya Rayo Vallecano
9 4HJ Stanović, NađaNađa Stanović 1999-yil 10-sentyabr (1999-09-10) (26 yosh) 14 3 Polsha Czarni Sosnowiec
11 4HJ Kuč, ArmisaArmisa Kuč 1992-yil 11-aprel (1992-04-11) (34 yosh) 58 21 Rossiya Zenit
20 4HJ Đurđevac, NađaNađa Đurđevac 2002-yil 25-avgust (2002-08-25) (24 yosh) 5 0 Chernogoriya Breznica

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qalin yozilgan oʻyinchilar hali ham oʻz faoliyatini olib boradi (hech boʻlmaganda klub darajasida).

Eng koʻp maydonga ttushgan futbolchilar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Futbolchi Faoliyat yillari Oʻtkazgan oʻyinlar
1Armisa Kuč2012-hozirga qadar58
2Slađana Bulatović2012-hozirga qadar57
3Jasna Đoković2012-hozirga qadar48

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Futbolchi Faoliyat yillari Gollar Oʻtkazgan oʻyinlar
1Armisa Kuč2012-hozirga qadar2158
2Slađana Bulatović2012-hozirga qadar1757
3Marija Vukčević2012-20201231

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqaladagi natijasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilganidan buyon katta turnirlar uchun ikkita saralash bosqichida ishtirok etdi. Ikkala holatda ham Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralashdan oʻta olmadi.

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
Xitoy1991-yil  Yugoslaviya terma jamoasining bir qismi edi  Yugoslaviya terma jamoasining bir qismi edi
Shvetsiya1995-yil
Amerika Qoʻshma Shtatlari1999-yil
Amerika Qoʻshma Shtatlari2003-yil  Serbiya va Chernogoriya terma jamoasining bir qismi edi  Serbiya va Chernogoriya terma jamoasining bir qismi edi
Xitoy2007-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
Germaniya2011-yil
Kanada2015-yil Saralashdan oʻta olmadi 13 1 2 10 12 57
Fransiya2019 3 1 0 2 8 6
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Aniqlanmoqda Aniqlanmoqda
Jami 0/8 16 2 2 12 20 63

UEFA ayollar chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
UEFA ayollar chempionatida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Chernogoriya ayollar terma jamoasining natijasi
Yil Bosqich Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
AngliyaItaliyaNorvegiyaShvetsiya1984-yil  Yugoslaviya terma jamoasining bir qismi edi  Yugoslaviya terma jamoasining bir qismi edi
Norvegiya1987-yil
Gʻarbiy Germaniya1989-yil
Daniya1991-yil
Italiya1993-yil
AngliyaGermaniyaNorvegiyaShvetsiya1995-yil
NorvegiyaShvetsiya1997-yil
Germaniya2001-yil
Angliya2005-yil  Serbiya va Chernogoriya terma jamoasining bir qismi edi  Serbiya va Chernogoriya terma jamoasining bir qismi edi
Finlandiya2009-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
Shvetsiya2013-yil
Niderlandiya2017-yil Saralashdan oʻta olmadi 8 0 0 8 2 51
Angliya2022 8 0 0 8 2 28
Jami 0/13 16 0 0 16 4 79

Yana qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Red ladies defeated by Bosnia in a historic match (Wayback Machine saytida 2012-07-08 sanasida arxivlangan). Pobjeda
  2. „Sport – Glavni Grad Podgorica“. podgorica.me. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  3. Red ladies defeated by Bosnia in a historic match (Wayback Machine saytida 2012-07-08 sanasida arxivlangan). Pobjeda
  4. „Fudbalski savez Crne Gore“. fscg.me. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  5. „Fudbalski savez Crne Gore“. fscg.me. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
  6. „Otvorena Kuća fudbala na Starom Aerodromu | Podgorica“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.
  7. „Prodgorica Otvorena Kuca fusbala“. 2016-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „PODGORICA: Otvorena Kuća fudbala na Starom Aerodromu“ (bs-BA). Montenegro magazin (2016-yil 21-may). Qaraldi: 2020-yil 28-may.