Cheriklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Cheriklar, choriklar — turkiy qabilalardan biri. "Cherik" etnonimi 8-asrdan buyen maʼlum. Ch. qad. turkiy qabilalardan biri sifatida ilk va soʻnggi oʻrta asrlarda oʻzbeklar va qirgʻizlar tarkibida boʻlganlar. Ch. Fargʻona qipchoqlarining sari qipchoq uyushmasiga kirgan. Nurota turkmanlari tarkibida cherikli tarmogʻi mavjud boʻlgan. Shuningdek, urugʻ tarmogʻi sifatida qirgʻizlarning bogʻish qabilasi tarkibiga ham kirgan. Oʻzbeklar tarkibidagi Ch. oʻtroqlashib dehqonchilik, qirgʻizlar ichidagi Ch. chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Davrlar oʻtishi bilan Ch.lar oʻzbek va qirgʻizlar tarkibiga qoʻshilib ketganlar.