Chekka nuqta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chekka nuqta — ishlab turgan porshenli mashina silindrida porshenning oʻz harakat yoʻnalishini oʻzgartiradigan eng chekka holati. Porshenning tirsakli val (krivoship) dan eng uzoqlashtan holati yuqori Chekka nuqta (YUCHN), unga eng yaqinlashgan holati pastki Chekka nuqta (PCHN) deb ataladi. Porshen Chekka nuqtada turganida uning tezligi nolga teng boʻladi. Porshen YUCHN bilan PCHN orasida oʻtadigan masofa porshen yoʻli deb ataladi. Porshen YUCHN dan PCHN ga siljiganda silindrda hosil boʻladigan boʻshliqqa silindrning ish hajmi deyiladi. Porshen YUCHN da turganida uning ustida eng kichik boʻshliq qoladi. Ana shu boʻshliq yonilgʻi yonish kamerasining hajmi deb ataladi (qarang Ichki yonuv dvigateli).