Chegara qatlam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chegara qatlam — suyri jismlarning sirti yaqinida, kanal devorlarida yoki suyuqlikning xar xil tezlikli, trali, yo boʻlmasa, turlicha kimyoviy tarkibli ikki oqimning boʻlinish chegarasida suyukdik yoki gazning oqish sohasi. Chegara qatlam nazariyasini 1904 yilda L. Prandtlʼ yaratgan. Oqish rejimi suyuqlik yoki gazning qalinligi, tashki muhitning qandayligi, suyuqlik (yoki gaz) tegib turgan yuzaning sillikligiga bogʻliq. Chegara qatlamda yopishqoqlik kuchi hisobga olinadi. Nisbiy tezlikka ega boʻlgan ikki oqimning qoʻshilishi natijasida ham Chegara qatlam hosil boʻladi va u erkin qatlam deb ataladi. Chegara qatlamda oqimning laminar (tekis) va turbulent (uyurmali) rejimi yuz berishi mumkin. Laminar Chegara qatlam qalinligi turbulent Chegara qatlam uchun esa formula orqali aniqlanadi.

CH.q.da muhit zarralari tormozlanadi, maʼlum vaqtdan keyin ularning kinetik energiyasi hosil boʻlgan bosimni yengish uchun yetarli boʻlmay qoladi, bu vaqtda Chegara qatlamda teskari o qi m hosil boʻladi. Suyuqlik zarralari dastlab jism yuzasiga parallel harakat qiladi, teskari okim hosil boʻlishi bilan jism yuzasidan uzoqdashadi. Bu hodisani Chegara qatlamning ajralishi deyiladi. Chegara qatlamda ajralish kancha oddin roʻy bersa, jismning quyruq qismida bosim shuncha kam boʻladi. Chegara qatlam ajralishi bilan Ch.qdan tashkarida suyuklik (gaz) okimi tubdan oʻzgaradi. Bu, oʻz navbatida, jismga, mac, samolyot qanotiga qarshilik kuchini koʻpaytirib, koʻtarish kuchini kamaytiradi.