Kontent qismiga oʻtish

Chatqol zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chatqol zilzilasi - Oʻrta Osiyodagi eng kuchli zilzilalardan biri. 1946-yil 2-noyabrda sodir boʻlgan. Epitsentrda kuchi 9—10 ballga yetgan. Magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha 7,5 boʻlgan. Zilzila 150 dan ortiq qishloq va shaharlarda 9 baldsan tortib, 4—5 ballgacha sezilgan. Hatto 240 km uzoklikdagi Toshkent shahri ham jiddiy talafot koʻrgan. Tebranish kuchi Toshkentda 7—8 ballni tashkil etgan. Tadqiqot ishlari natijasida zilzila oʻchogʻining uz. 80 km, eni 15 km va chuq. 20–25 km ekanligi aniqlangan. Bu yerda joylashgan seysmogen uzilmaning harakatga kelishi natijasida atrofdagi qoyatoshlar qulagan va togʻ yon bagʻirlarida chuq. 10–15 m li yer yoriqdari hosil boʻlgan. Qulagan togʻ jinslaridan vujudga kelgan uyum hajmi 4 mln. m3 dan oshib ketgan va u Norin daryosini toʻsib qoʻygan. Buning natijasida atrofda koʻllar hosil boʻlgan. Fargʻona, Chatqol va Talas Olatovi yon bagʻirlaridagi 50 dan ortiq qishloqni xarobaga aylantirgan. Shuningdek, Podshootasoy, Aravon, Aflotun, Arqit, Ketmontepa oraliqlaridagi yoʻllar buzilib, turli xil koʻrinish (shakl)ni olgan. Zilzila epitsentri Chatqol—Otoynak seysmogen zonasida boʻlib, asosiy yer qimirlashdan keyin ham 2 yil mobaynida kuchli tebranishlar qayd qilingan. Ularning kuchi 6—8 ballga yetgan. Keyingi zilzilalardan Fargʻona vodiysidagi aholi punktlari yana talafot koʻrgan.