Kontent qismiga oʻtish

Charlie Kirk

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Charlie Kirk
Tavalludi 14-oktabr 1993
Arlington Heights, Illinois, AQSH
Vafoti 10-sentabr 2025
Utah, AQSH
Fuqaroligi AQSh
Kasbi siyosiy faol, muallif, notiq
Faoliyat yillari 2012–2025
Turmush oʻrtogʻi Erika Frantzve (2021–2025)
Bolalari 2

Charles James Kirk (1993-yil 14-oktabr — 2025-yil 10-sentabr) — amerikalik konservativ siyosiy faol, muallif va ijtimoiy media shaxsiyati. U talabalar orasida konservativ gʻoyalarni targʻib qiluvchi notijorat tashkilot — Turning Point USA asoschisi va ijrochi direktori sifatida tanilgan[1]. Shuningdek, "The Charlie Kirk Show" podkastining egasi.

U yosh konservativlar orasida Donald Trampning yaqin ittifoqchisi sifatida tanilgan, milliy siyosatda katta rol oʻynagan. Kirkning faoliyati kollej kampuslardagi konservativ faollik, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali yosh avlodni "Make America Great Again" (MAGA) harakatiga jalb qilishga qaratilgan edi. U 2025-yil 10-sentabrda Utah shtatidagi Utah Valley Universitetida nutq so'zlayotganda otib oʻldirilgan, bu voqea AQShda siyosiy zoʻravonlik haqidagi bahslarni qizgʻinlashtirdi. Kirkning karyerasi konservativ gʻoyalarni targʻib qilish, jumladan, erkin bozorlar, cheklangan hukumat, qurol huquqlari va xristian millatchiligi bilan bogʻliq boʻlib, u koʻplab kitoblar yozgan va millionlab izdoshlarga ega boʻlgan. Uning faoliyati tanqidlarga duch kelgan, chunki u COVID-19 haqidagi notoʻgʻri maʼlumotlar, 2020-yilgi saylovdagi firibgarlik daʼvolari va irqchilikka oid ritorikani targʻib qilgan deb aytiladi.

Hayoti va ta’limi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charlie Kirk Illinois shtatining Arlington Heights shahrida tugʻilgan va Prospect Heights hududida ulgʻaygan[1]. Uning otasi Robert U. Kirk arxitektor boʻlib, Tramp minorasini qurishda ishtirok etgan, onasi Kimbery esa Chikago Mercantile Exchange'da savdogar, keyinchalik ruhiy salomatlik maslahatchisi boʻlgan. Ota-onasi oʻrtacha respublikachilar boʻlib, otasi 2012-yilda Mitt Romnining kampaniyasiga sarmoya kiritgan. U yoshlik davrida Boy Scouts of America tashkilotida qatnashib, Eagle Scout unvonini olgan.

Oʻrta maktabda Milton Fridman kitoblarini oʻqib, siyosiy qiziqish uygʻotgan.U Uiling High School'da oʻqigan va 2010-yilda Illinois senator Mark Kirkning (qarindosh emas) kampaniyasida koʻngilli boʻlgan. Oʻrta maktabning oxirgi yilida maktabda pechene narxini oshirishga qarshi kampaniya oʻtkazgan va Breitbart News uchun liberal tarafkashlik haqida insho yozgan, bu uning 17 yoshida Fox Business'da birinchi intervyusiga olib kelgan. 2012-yilda West Point Harbiy akademiyasiga murojaat qilgan, ammo rad etilgan. Keyin Chikago yaqinidagi Harper Kollejga bir semestr qatnashgan, ammo siyosiy faollik uchun oʻqishni tashlab ketgan. U kollej diplomi yoʻqligini oʻzining "liberal taʼlimni rad etish" ramzi sifatida ishlatgan[1].

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda 18 yoshida Kirk Turning Point USA (TPUSA) tashkilotiga asos solgan. Tashkilot talabalarga konservativ qadriyatlarni targʻib qilish, bozor iqtisodi va davlat aralashuvini kamaytirish gʻoyalarini yoyishni maqsad qilgan[2]. TPUSA liberal guruhlarga, masalan, MoveOn.org ga raqobatchi boʻlishni maqsad qilgan. Kirk tashkilotning bosh direktori, bosh moliyaviy direktori va tashkilot yuzi boʻlgan.

Kirk universitet kampuslarida Prove Me Wrong (Meni xato ekanimni isbotla) deb nomlangan ochiq munozara stollarini tashkil etib, qarama-qarshi fikrlarga ega talabalar bilan muloqot olib borgan. TPUSA 800 dan ortiq kollej boʻlimiga ega boʻlgan va millionlab izdoshlarga ega boʻlgan.

2016-yilda Tramp nomzodligini qoʻllab-quvvatlagan, Donald Tramp Jr.ning yordamchisi boʻlgan. 2016-yil dekabrda TPUSA tarkibida shuningdek Professor Watchlist loyihasi ham boʻlib, liberal qarashlarga ega professorlarni tanqid qilish bilan shugʻullangan[3]. Tashkilot ommaviy mitinglar oʻtkazgan, minglab yosh saylovchilarni jalb qilgan. 2020-yilda daromadi 39,2 million dollarni tashkil etgan, Kirkning maoshi 27 mingdan 325 ming dollarga oshgan. 2021-yilda Turning Point Academy onlayn "Amerika birinchi" taʼlim dasturini eʼlon qilgan, ammo sherik StrongMind tanqidlar tufayli chiqib ketgan.

U Donald Tramp siyosatini faol qoʻllab-quvvatlagan va konservativ yoshlar harakatida yetakchi ovozlardan biri boʻlgan[1].

OAV va nashrlardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil oktyabrda "The Charlie Kirk Show" ni Salem Media Group'da boshlagan, kuniga 500-750 ming yuklab olishga ega boʻlgan, Apple Podcasts'da 21-oʻrinni egallagan. 2021-yilda "Turning Point Live" ni Generation Z uchun ishga tushirgan. 2024-yil aprelida TikTok akkauntini ochgan, videolari 50 million koʻrishga ega boʻlgan. 2025-yil fevralda Trinity Broadcasting Network bilan "Charlie Kirk Today" shousini imzolagan.

Kitoblari: "Time for a Turning Point" (2016), "Campus Battlefield" (2018), "The MAGA Doctrine" (2020), "The College Scam" (2022), "Right Wing Revolution" (2024). Uning "Sabbath" kitobi oʻlimidan keyin bestseller boʻlgan.

2025-yilda Tramp tomonidan harbiy akademiya kengashlariga tayinlangan va Epstein ishini muhokama qilgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Kirk Erika Frantzve bilan turmush qurgan. Ularning ikki farzandi boʻlgan: qizi (2022) va oʻgʻli (2024)[1]. U millioner boʻlib, 2023-yilda Arizona shtatidagi 4,75 million dollarlik uyda yashagan. Evangelik xristian boʻlib, qurol huquqlarini qoʻllab-quvvatlagan va "qurol oʻlimlari qurol huquqi uchun arziydi" degan. Uning oʻlimi oilasini qaygʻuga botirgan, Erika "uning merosini oʻldirmayman" deb aytgan.

Charlie Kirk 2025-yil 10-sentabrda, 31 yoshida, Utah Valley University kampusida oʻtkazilgan American Comeback Tour nomli tadbirda ommaviy otishmalar haqida savolga javob berayotganda, 142 yard masofadan boʻyin qismiga oʻq uzilgan[4]. U Timpanogos Regional Hospitalga yetkazilgan, ammo vafot etgan. Voqea shovshuvga sabab boʻlib, Fox News, MSNBC va CNN tomoshabinlarini 65% oshirgan.

2025-yil 12-sentabrda 22 yoshli Tyler Jeyms Robinson ushbu jinoyatda ayblanib hibsga olingan. Prokurorlar oʻlim jazosini talab qilgan, chunki siyosiy motiv deb hisoblangan. TPUSA memorial 21-sentabrda oʻtkazgan.

Kirkning oʻlimi siyosiy bahslarni yanada qizgʻinlashtirdi. Tramp "eng buyuk va afsonaviy Charli Kirk oʻldi" deb bayonot berdi. Oʻng qanot faollar qasos olish uchun chaqiriqlar berdi, so'l taraf vakillari zoʻravonlikni rad etgan. Uning oʻlimi AQSH siyosatida soʻz erkinligi, siyosiy zoʻravonlik va jamiyatdagi qutblanish masalalariga oid keng munozaralarga sabab boʻldi[5].

Kirk konservativ doiralarda mashhur boʻlsa-da, liberal va markaziy qarashlarga ega guruhlar tomonidan keskin ritorikasi, notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatishda ayblanishi va irqiy hamda gender masalalaridagi pozitsiyalari uchun tanqid qilingan[3].

Kirkning ritorikasi boʻlinuvchi, irqchil, ksenofobik va ekstremal deb tanqid qilingan. Southern Poverty Law Center uning nafratga boy nutqlarini oʻrgangan. U madaniy marksizm va "universitetlar totalitarizm orollar" haqidagi nazariyalarni targʻib qilgan. Dastlab evangelist oʻngga qarshi boʻlgan, keyin xristian millatchisiga aylangan, "Seven Mountain Mandate" ni qoʻllab-quvvatlagan.

U abortga, DEI dasturlariga va LGBT huquqlariga qarshi boʻlgan. 1964-yilgi Fuqarolik huquqlari qonunini va Martin Lyuter Kingni tanqid qilgan, George Floydni "Ahmoq"(scumbag) deb atagan. COVID-19 haqida notoʻgʻri maʼlumotlar va 2020-yilgi saylov firibgarligi daʼvolarini tarqatgan. "Professor Watchlist" akademiklarni bezovta qilishga olib kelgan. TPUSA moliyaviy shaffofligi va siyosiy faoliyat chegarasi haqida tergovlar boʻlgan. 2025-yilda Trampning federal huquq-tartibot organlari tomonidan shaharlar "harbiy ishgʻolini" ni qoʻllab-quvvatlagan.

Oʻlimidan keyin uning oʻldirilishini nishonlagan sharhlar va qasos chaqiriqlarini ko'paytirdi, bu siyosiy zoʻravonlik bahslarini kuchaytirdi.

Charlie Kirk yoshlar orasida konservativ gʻoyalarni ommalashtirishda katta rol oʻynadi. Uning tashkiloti va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi uni amerikalik konservativ siyosiy faollarning avlodiga kuchli ta’sir koʻrsatgan shaxs sifatida tarixda qoldirdi[2].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Charlie Kirk“. Wikipedia. Qaraldi: 2025-yil 17-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „How Charlie Kirk helped shape a conservative force for a new generation“. PBS NewsHour (2025-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 17-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Who was Charlie Kirk? Conservative activist killed at Utah rally“. The Independent (2025-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 17-sentyabr.
  4. „Charlie Kirk shot dead during Utah event“. Associated Press (2025-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 17-sentyabr.
  5. „Charlie Kirk: What to Know About Conservative Activist“. People (2025-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 17-sentyabr.