Charli XCX

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charli XCX

Charli XCX 2018-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Charlotte Emma Aitchison
2-avgust 1992-yil (1992-08-02) (31 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi
Leybl
  • Vroom Vroom
  • Warner
  • Asylum
  • Atlantic
  • Iamsound
Janr
Hamkorligi
Faoliyat yillari 2007 – hozirgacha
Veb-sayt howimfeelingnow.co.uk

Charlotte Emma Aitchison (talaffuzi: Sharlotta Emma Eytchison; 2-avgust 1992-yilda tugʻilgan) Charli XCX (talaffuzi: Charli Eks-Si-Eks) taxallusi ostida tanilgan ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. Cambridgeda tugʻilib, Essexda oʻsgan Charli XCX 2008-yilda ashulalarini Myspace platformasida joylashtirishni boshlaydi, bu esa uning promouter tomonidan kashf etilishiga olib keldi. 2010-yilda u Asylum Records bilan shartnoma imzoladi hamda 2011- va 2012-yillarda koʻplab singllar va mixtapelar chiqardi.

2012-yilda Charli XCX shved musiqiy guruhi Icona Pop bilan birgalikda ijro etgan „I Love It“ ashulasi ortidan xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. Tarona Shimoliy Amerika va Yevropa musiqiy chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. Uning ilk studiyaviy albomi — True Romance 2013-yilda chiqarilib, musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholandi, biroq tijorat jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻldi. 2014-yilda u amerikalik rapper Iggy Azalea bilan birgalikda ijro etilgan „Fancy“ qoʻshigʻi umumjahon boʻylab ham tijorat, ham tanqidiy jihatdan muvaffaqiyat qozondi, hatto ikkita Grammy Awardga nomzod boʻldi. Shu yili, Charli XCX „Boom Clap“ nomli ashulani ommaga havola etdi. Ashula Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi va Charli XCXning Hot 100 charti top oʻntaligiga kirgan ilk solosi boʻldi. Ikkinchi studiyaviy albomi boʻlmish Sucker shu yil oxirida chiqarildi. Albomning „Break the Rules“ va „Doing It“ singllari hit ashulalar boʻldi.

2015-yilda Charli XCX PC Music studiyasi produserlari bilan ishlashni boshladi. Uchinchi albomi ustida ishlayotgan bir paytda, u Vroom Vroom (2016) mini-albomi, Number 1 Angel va Pop 2 (ikkalasi ham 2017-yilda chiqarilgan) mixtapelari hamda „After the Afterparty“, „Boys“ va „1999“ ashulalarini chiqardi. Uning uchinchi va toʻrtinchi studiyaviy albomlari — Charli (2019) va How I'm Feeling Now (2020) kengqamrovli maqtovlarga sazovor boʻldi; albomlardan ikkinchisi COVID-19 pandemiyasi lokdaunlari paytida olti hafta ichida yaratilgan. 2021-yilda Charli XCX Jax Jones va Joel Corry bilan birgalikda „Out Out“ ashulasini ijro etdi. U ushbu ashula matni mualliflaridan biri hamdir. Xonandaning beshinchi albomi Crash 2022-yilning martida chiqarildi.

Oʻzining yakkaxon ijodidan tashqari, Charli XCX boshqa koʻplab xonandalarga qoʻshiqlari uchun qoʻshiqnavis oʻlaroq soʻzlar yozgan. Bular sirasiga Iggy Azalea ijrosidagi „Beg for It“ (2014), Selena Gomez ijrosidagi „Same Old Love“ (2015), Blondie ijrosidagi „Tonight“ (2017) va Shawn Mendes bilan Camila Cabello ijrosidagi „Señorita“ (2019) kabi ashulalar kiradi.

Charli XCX 2013-yilda.
Charli XCX Detroida (2014)

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixtapelar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012 : Heartbreaks and Earthquakes
  • 2012 : Super Ultra
  • 2017 : Number 1 Angel
  • 2017 : Pop 2

Mini-albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012 : iTunes Festival: London 2012
  • 2016 : Vroom Vroom

Turnelar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2014 : Girl Power North America Tour
  • 2015 : Sucker World Tour
  • 2015 : Charli and Jack Do America Tour
  • 2017 : Number 1 Angel Tour
  • 2019 : Charli Tour
  • 2022 : "CRASH" The Live Tour


Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
2015 The F-Word and Me[1] Oʻzi Hujjatli film
Lost in the North Qisqa hajmli film
The 1989 World Tour Live[2] Konsert film
2016 The Angry Birds Movie[3] Willow ovoz bergan
2018 Taylor Swift: Reputation Stadium Tour Oʻzi Konsert film
2019 UglyDolls Kitty ovoz bergan
2021 Alone Together Oʻzi Hujjatli film

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kreps, Daniel. „Watch Charli XCX's Feminism Film 'The F Word and Me'. Rolling Stone. 27–fevral 2017–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15–mart 2017–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „The 1989 World Tour LIVE coming to Apple Music“. Taylor Swift. 16-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2017-yil. (Wayback Machine saytida 2017-03-16 sanasida arxivlangan)
  3. Stone, Natalie „Charli XCX to Voice Willow in 'Angry Birds' Movie“. The Hollywood Reporter. 16-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]