Chapar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chapar — daraxt novdasi yoki simdan toʻqilgan qalqonsimon mudofaa vositasi. Oʻrta ayerlarda Temuriylar, Oʻrta Osiyo xonliklari va Eron qoʻshinlarida qoʻllanishda boʻlgan. Koʻpincha mudofaa inshootlari hisoblanmish xandaq hamda moʻrjal (okop) oldiga oʻrnatilgan va u askarlarni dushman otgan oʻq, tosh va boshqalardan himoya qilish uchun moʻljallangan. Xiva xonligi qoʻshinida bunday mudofaa aslahasi chib (jib) deb nomlangan.