Chan kayshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chan kayshi (Szyan Szeshi) (1887.31.10, Finxua, Chjetszyan viloyati — 1975.5.4, Taybey) — Xitoydagi gomindan maʼmuriyatining rahbari (1927 yildan). Baodin va Tokiodagi harbiy akademiyalarni tugatgan. 1927 yil 12 aprelda harbiy toʻntarish qilib mamlakatda diktatorlik tuzumini oʻrnatgan. 1931 yildan Gomindan (millatchi) partiyasi rahbari, 2-jahon urushida Yaponiya taslim boʻlgach, Xitoy kommunistik partiyasining koalitsion hukumat tuzish haqidagi taklifini rad etib, mamlakatda fuqarolar urushini boshlab yuborgan (1946, iyun). 1949 yil oxirida Tayvanga qochgan va u yerda gomindanchilar hukumatini tuzgan.