Chalabiylar masjidi
| Masjid | |
| Vayron qilingan sobiq masjid, 2024-yil | |
| Mamlakat | |
| Joylashuvi | Chalabiylar qishlogʻi, Jabrayil tumani |
| Koordinatalar | 39°23′19″N 46°49′38″E / 39.38852°N 46.82712°E |
| Meʼmoriy uslub | Islom arxitekturasi |
| Binokorlik sanasi | 1678-yil |
Chalabiylar masjidi (ozarbayjoncha: Çələbilər məscidi) – sobiq masjid, hozirgi kunda xaroba holatda boʻlgan tarixiy meʼmoriy yodgorlik. Ozarbayjonning Jabrayil tumani Chalabiylar qishlogʻida joylashgan. 1678-yilda qurib bitkazilgan ushbu sobiq masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[1].
Masjid 1928-yilgacha faoliyat yuritgan, 1993-yilda masjidga katta zarar yetgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 1678-yilda Muhammad ibn Hoji Garamon Ahmad tomonidan bunyod etilgan[2][3]. Masjid, shuningdek[4], diniy va dunyoviy fanlar oʻqitilgan madrasa sifatida ham faoliyat koʻrsatgan[5]. XVIII asrda yashagan ozarbayjon shoiri Molla Vali Vidadi ham ushbu madrasada dars bergan[4][6].
Ozarbayjonda sovet istilosidan soʻng 1928-yilda dinga qarshi rasmiy harakat boshlandi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni dunyoviy maqsadlarda foydalanish uchun maʼrifiy klublar ixtiyoriga oʻtkazdi. 1917-yilda Ozarbayjonda qariyb 3 000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilga kelib ularning soni 1 700 ta, 1933-yilga kelib esa 17 tani tashkil qilgan[7]. Chalabiylar masjidi ham sovet bosqinidan keyin oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Ozarbayjon mustaqilligini qoʻlga kiritgach, 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan masjid mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi[8]. Jabrayil tumani bosib olinganidan keyin Chalabiylar masjid-madrasa majmuasi taʼmirlanib, asl holatiga qaytarildi[9][10]. Biroq 1993-yilda Armaniston Qurolli Kuchlari Chalabiylar qishlogʻini bosib olganidan soʻng, majmua armanlar tomonidan yoqib yuborilgan va talon-taroj qilingan, natijada, masjid binosi yaroqsiz holga kelgan[11][12][13]. 2020-yil 26-oktyabrda qishloq Ozarbayjon Qurolli Kuchlari tomonidan bosqinchilardan ozod qilingan[14][15].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Məmmədov, Nahid. İşğal altındakı tarixi abidələrimiz (az). Bakı: Nurlar, 2015 — 24-bet. ISBN 978-9952-490-95-4. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Hüseyn, Tofiq „Hacı Qaraman ocağı“. "Respublika" qəzeti (2023-yil 14-dekabr). 2025-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ İsmayılov, Faiq. Azərbaycanın işğal olunmuş ərazilərindəki tarix və mədəniyyət abidələrinə vurulan zərər (az). Bakı: AMEA Hüquq və İnsan Haqları İnstitutu, 2016 — 37-bet. ISBN 978-9952-8154-9-8. Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
- 1 2 „Çələbilər məscidi“. Azərbaycan Respublikası Mədəniyyət Nazirliyi. 2022-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ „Cəbrayıl rayonunun Çələbilər kəndi“ (az-az). Qafqaz TV (2021-yil 7-iyul). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ „Mosque-madrasa complex in the Chalabilar village of Jabrayil | Religions in Today’s Azerbaijan“ (en). religions.az. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Yunusov, Ari. Ислам в Азербайджане. Bakı: Zaman, 2004 — 78-bet. ISBN 9952-8052-0-9. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ „Cəbrayılın erməni işğalından azad olmuş qədim abidələri“ (az). Azərbaycan qəzeti (2023-yil 11-oktyabr). 2023-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Əli, Orxan „Qarabağdakı ibadət evləri: ermənilər indi orada donuz saxlayırlar“ (az-AZ). modern.az (2012-yil 19-aprel). 2023-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Musa, Günel „Dağıdılan, dəyişdirilən, yer üzündən silinən abidələrimiz“ (az). Kulis.az (2020-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Nüsrətoğlu, Telman „Qarabağda Azərbaycan-Türk mədəni irsinə qarşı həyata keçirilən vandalizm | TRT Azerbaycan“ (az-Latn-AZ). www.trt.net.tr (2021-yil 18-fevral). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ „Damage to cultural heritage“ (az). mfa.gov.az. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ „Erməni vandalizmi: Əsirlikdə olan Azərbaycan abidələri“ (az). armenianvandalism.preslib.az. 2021-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ „Azərbaycan Prezidenti İlham Əliyev xalqa müraciət edib - VİDEO“ (az). AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI MÜDAFİƏ NAZİRLİYİ. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Chalabilar Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.