Chad tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chad tillari — som-hom (afroosiyo) tillari makrooilasining bir tarmogʻi; Markaziy va Gʻarbiy Sudanda, Chad koʻli atrofidagi mintaqa — Shim. Nigeriya, Shim. Kamerun hamda Chad Respublikasi hududlarida tarqalgan. 150 dan ortiq tillarni, lahja guruxlarini qamrab oladi. Tarmoqdagi eng yirik hisoblangan xausa (tili)ning azaliy qoʻllanish hududi Nigerning jan.sharqiy qismlarini ham oʻz ichiga oladi. [[Xausa xalqining koʻchib yurishi va savdosotiqning tobora kengayishi natijasida xausa tili Gana, Togo, Benin respublikalarining shim. kismlari va Afrikaning boshqa koʻplab mamlakatlarida ham tarqalgan. Oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalaridagi maʼlumotlarga koʻra, Chad tillarida 35—40 mln.dan (xausa tilida 31 mln.dan) ortiqroq kishi soʻzlashadi.

CH.t. 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: gʻarbiy chad tillari, oʻz navbatida, xausa, angas, ron, boletangle, shim. bauchi, jan. bauchi, bade guruhchalari (7 ta)ga ajraladi; markaziy chad tillari, oʻz navbatida, tera, buramargi, xigi, bata, xidkala, mandara, sutur, makakam, daba, giler, kotoko, muzgu, masa guruxlari (13 ta)ga ajraladi; sharqiy chad tillari, oʻz navbatida, kera, nanchere, samray, sokoro, dangra, mokulu, mubu guruxchalari (7 ta)ga ajraladi.

CH.t.ning fonologik tizimida undoshlarning 3 turi — jarangli, jarangeiz va emfatik turlari farqlanadi. Unlilarning choʻziqlik—qisqalik boʻyicha qaramaqarshiligi keng tarqalgan. Barcha Chad tillari ham leksik, ham grammatik maʼnoli fonologik ton (ohang)larga ega. Morfologiyasida feʼl tizimi boshqa somhom tillariga nisbatan bir qancha oʻziga xosliklarga ega, olmoshlarning aloxida suz va qoʻshimcha kurinishidagi turlari mavjud.

CH.t. orasida xausa tiligina rivojlangan yozuv anʼanalariga ega (qarang [[Xausa); boshqa tillar uz yozuviga ega emas. Eng koʻp oʻrganilgani ham xausa tilidir (19-asr oʻrtalaridan). Oʻtgan asrning 70-yillaridan boshlab barcha Chad tillari tavsifiy va qiyosiytarixiy tadqiqotlar obʼyektiga aylandi.

Ad.:Dkonov N.M., Semitoxamitskiye yaziki, M., 1965; Porxomovskiy V.Ya., Chadskiye yaziki, v kn.: Sravnitelnoistoricheskoye izucheniye yazikov raznix semey. Zadachi i perspektivi, M., 1982.