Chad (koʻl)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koordinatalari: 13°05′0″N 14°31′0″E / 13.08333°N 14.51667°E / 13.08333; 14.51667

Lakechad map.png

Chad — Markaziy Afrikadagi oqmas koʻl. Nigeriya, Niger, Chad va Kamerun hududida, 240 m balandlikda. Uz. 270 km, eni 150 km gacha. Maydoni 10 mingdan 26 ming km² gacha (Ch.ga quyiladigan okim miqdorining kup yillik oʻzgarishiga bogʻliq), chuq. 4 m dan 11 m gacha. Iqlim namligi yuqori boʻlgan davrda, yaʼni 5—6 ming yil avval koʻl maydoni 400 ming km² ga yetgan. Gʻarbiy va jan. qirgʻoqlari past, botqoqlashgan, shim.sharqi va sharqi kuchli yemirilgan, ular yaqinida orol kup. Ch.ga Shari va KomaduguYobe daryolari kuyiladi. Koʻlning daryo deltalari yakinida suvi chuchuk, qolgan qismida shoʻr. Ch.da suvning yer ostita singib atrofdagi grunt suvlarini taʼminlab turishi natijasida koʻlning suvi muntazam almashinib turadi. Begemot, lamatin, timsoxdar, suv va botqoq parrandalari yashaydi. Baliq turi koʻp. Kema qatnaydi.